Tojibaeva Nazokatxon Kobiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tashkiloti talabalarida menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2365.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil` Gennad`evich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Alijon Atabekovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarida menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari talabalarda liderlik, yetakchilik, boshqaruvchilik, innovatorlik kompetensiyalarini tizimli shakllantirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini milliy qadriyatli yondashuvlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirish ta’lim jarayonini mehnat bozorining zamonaviy talablariga moslashtirish, mustaqil fikrlaydigan, samarali boshqaruv malakalarini shakllantirishga xos real hayotiy vaziyatlarni shaxsiy muvaffaqiyatlarga integrallashtirish asosida takomillashtirilgan;
menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyalari shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va milliy qadriyatlarga yo‘naltirilgan menejerlik-kasbiy rivojlanish motivlari hamda akmeologik-tizimli yondashuvlarni shaxsiy o‘sish jarayoniga kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda menejerlik ko‘nikmalari kommunikativ-tashkiliy vaziyatlarni yaratish, ishonchga sazovor bo‘lish, jamoani ishontira olish, nostandart vaziyatlarda mustaqil ijodiy qarorlar qabul qilish hamda boshqaruv madaniyati darajasini oshirish dinamikasini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida pedagogik faoliyatda menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik faoliyatda menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari loyihaviy ta’lim, aralash o‘qitish, seminar-treninglar va innovatsion-interaktiv texnologiyalarga asoslangan dasturni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalaridan “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining kasbiy kompetensiyasi va metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda keng foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 deabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida pedagogik faoliyatda menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirish jarayoni samaradorligining oshishiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik faoliyatda menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirishning integrativ modeli enerjayzer texnologiyalariga (ijtimoiy-psixologik treninglar, ishbop o‘yinlar, loyihaviy ta’lim) asoslangan ijodiy, mustaqil faoliyatni tashkil etishning imitatsion (kontekstli-o‘yinli vaziyatlar) usullarini qo‘llashning pedagogik shartlarini joriy etishga oid tavsiyalari “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 dekabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur tuzilma bo‘lajak pedagoglarning menejerlik ko‘nikmalari rivojlantirishga oid bilimlarni mustahkamlashga, ta’lim sifatini ta’minlashning milliy yo‘nalishlarini hisobga olishga, mustaqil fikrlay oladigan, boshqaruvchilik madaniyati shakllangan shaxsni tayyorlashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari menejerlik faoliyatini rivojlantirishda muloqotning munozaraga asoslangan shakllari, rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, menejerlik sifatlari namoyon bo‘lishining internal va eksternal darajalari bilan optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalari asosida “Maktabgacha ta’limda rahbarlik” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 deabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, integrativ va didaktik texnologiyalardan o‘quv jarayonida foydalanishga doir tavsiyalar talabalarning menejerlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda liderlik ko‘nikmalari kommunikativ-tashkiliy vaziyatlarni yaratish, ishonchga sazovor bo‘lish, jamoani ishontira olish, nostandart vaziyatlarda mustaqil ijodiy qarorlar qabul qilish hamda boshqaruv madaniyati darajasini oshirish dinamikasini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida “Maktabgacha ta’limda rahbarlik” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 dekabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarini pedagogik faoliyatda menejerlik ko‘nikmasini rivojlantirish bo‘yicha ta’lim zahiralarini yaratish imkoni oshirilgan.