Salomova Xanifa Jaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zaragen inseksidini toksiko-gigienik baholash va gigienik me’yorlash tartibini ishlab chiqish» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib551.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Duschanov Baxtiyor Allaberganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sherqo‘zieva Go‘zal Faxritdinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zaragen insektisidining inson uchun xavflilik darajasini va uning atmosfera havosi, ishchi o‘rinlari havosi, suv havzalari, tuproq, oziq-ovqat maxsulotlari hamda qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan olinadigan mahsulotlar iste’molchilariga, issiq iqlim sharoitida xavfsizligini ta’minlovchi gigienik me’yor va reglamentlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zaragen insektisidining o‘tkir zaharlilik xususiyati, organizmga to‘planish darajasi, tajriba hayvonlari oshqozoniga metal zond orqali Zaragen kimyoviy moddasining suvli eritmasi yuborilib, insektisidining o‘rtacha o‘lim qiymati (LD50, SD50), maksimal chidaydigan qiymati (LD0, SD0), aksariyat o‘lim miqdori (LD 100, SD 100), o‘ta sezgir qiymati (Limac) hamda organizmga to‘planish darajasi isbotlangan;
issiq qonli hayvonlarda surunkali ta’sir darajasi, teri va ko‘z shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchanlik ta’siri, insektisidning uzoq ta’sir asorati onkogen, mutagen, gonadotoksik, embriotoksik ta’siri isbotlangan;
tanlangan inspektisidning atrof-muhit ob’ektlarida chidamlilik darajasi, tuproq qatlamlarida harakati, o‘simliklarning er ustki qismiga o‘tishi va o‘simliklardan olinadigan oziq-ovqat maxsulotlarini ifloslash darajasi isbotlangan;
tanlangan inspektisidning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirish darajasi, organizmga ta’sir qilmaydigan xavfsizlik reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zaragen inseksidini toksiko-gigienik baholash va gigienik me’yorlash tartibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zaragen inseksidini toksiko-gigienik baholash natijalari bo‘yicha «Zaragen» insektisididan foydalanishda aholini himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/278-son ma’lumotnomasi). Natijada Zaragen inseksidini xavoda, suv va tuproqdagi toksikologik va gigienik ko‘rsatkichlarini reglamentlari ishlab chiqish imkonini bergan;
«Zaragen» insektisididan qishloq xo‘jaligida foydalanilganda atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Zaragen» insektisididan qishloq xo‘jaligida foydalanilganda atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilishni takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/278-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq-xo‘jaligi xodimlari va aholini pestisidlardan zaharlanishini oldini olish chora-tadbirlari va zaharlanishni oldini olishga qaratilgan gigienik tavsiyalar ishlash chiqish imkonnini bergan;
Zaragen inseksidini toksiko-gigienik baholash va gigienik me’yorlash tartibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati, Buxoro va Romitan tumanlari xududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 oktyabrdagi 08-09/144670-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi aholining turli qatlamlari, qishloq-xo‘jaligi xodimlarining pestisidlardan zaharlanishini oldini olishni ta’minlash hamda xodimlar orasida kasb kasalliklarining uchrash darajasini kamaytirish, mahsulotlarning hosildorligini oshirish bilan birgalikda, pestisidning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan gigienik chora–tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.