Durdiev Jonibek Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nafas olish tizimi surunkali kasalliklari mavjud bolalarda tish-jag‘ a’zolari suyak tizimi shakllanishining morfometrik asoslari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.3.PhD/Tib1435.
Ilmiy raxbar: Olimov Siddiq Sharipovich, tibbiyot fanlari doktori,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ural davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bolalarda tish-jag‘ tizimining morfofunsional buzilishlariga tashxis qo‘yish va morfometrik asoslarini aniqlash metodlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tish-jag‘ anomaliyasi bor nafas olish tizimida surunkali kasalliklari bo‘lgan va bo‘lmagan bolalar o‘sish davrida tish-jag‘ tizimida ularning hajmi, kengligi, balandligida kuzatiladigan morfometrik o‘zgarishlar aniqlangan;
tish-jag‘ anomaliyasi bor nafas olish tizimida surunkali kasalliklari bo‘lgan va bo‘lmagan bolalar yuz sohasining morfometrik shakllanishi bosqichlarida ushbu tizimdagi anomaliya va deformatsiya turlari, klinik ko‘rinishlari hamda mazkur kasalliklar differensial diagnostikasini takomillashtirish uchun turli tana rentgenologik parametrlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi isbotlangan;
nafas olish tizimi surunkali kasalliklari bor tish-jag‘ deformatsiyasi tashhislangan bolalarda ushbu kasalliklar aniqlanmagan bolalarga nisbatan distal tishlov, distopiya, progeniya, yuqori jag‘ mikrognotiyasi og‘ir formalari uchrash darajasi ishonarli ko‘pligi isbotlangan;
nafas olish tizimi surunkali kasalliklari bor tish-jag‘ deformatsiyasi tashhislangan bolalarda so‘lak va qon zardobidagi immunologik hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida diagnostik mezonlar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nafas olish tizimi surunkali kasalliklari mavjud bolalarda tish-jag‘ a’zolari suyak tizimi shakllanishining morfometrik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemorlarda stomatologik xizmatni yaxshilash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Sog‘lom bolalar va nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bolalarni tashxislashning klinik va labaratoriya tekshirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 sentiyabrdagi 8n-r/826-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ushbu bemorlarda immunologik va so‘lak tarkibidagi biokimyoviy ko‘rsatgichlarni aniqlash imkonini yaratgan;
stomatologik kasalliklar oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yuqori jag‘ning torayishi va burundan nafas olishi buzilgan bolalarni davolash uchun takomillashtirilgan tashxislash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 sentiyabrdagi 8n-r/827-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ushbu bemorlarda stomatologik kasalliklar uchrashi va ularning stomatologik holatiga baho berish imkonini bergan;
nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bolalarda tish-jag‘ tizimida suyak a’zolari shakllanishining morfometrik asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Olot, Buxoro tuman tibbiyot birlashmalari, Vobkent va Romitan tuman stomatologik poliklinikalariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktiyabrdagi 8n-z/362-son ma’lumotnomasi). Natijada diagnostika va davolashning yangi usullarini qo‘llash yo‘li bilan tibbiy yordam samaradorligini oshirilishiga, kasallik asoratlarini kamaytirish, hamda bemorlarning ambulator davolanish muddatlarini qisartirish hisobiga itisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish