Boymurodov G‘ulomjon Abdug‘afforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarida jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1049.
Ilmiy rahbar: Dursunov Axmad Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarini miniinvaziv xirurgik usuli yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlari turlariga nisbatan differensial yondashuv asosida stabil funksional osteosintez imkonini beruvchi mini-invaziv tashqi six-sterjenli apparat takomillashtirilgan;
katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarini taklif etilgan mini-invaziv tashqi six-sterjenli apparat bilan xirurgik davolashda tizza bo‘g‘imida erta xarakatni ta’minlanishi va suyak konsolidatsiyasini optimallashtirilishi isbotlangan;
katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi va atrofi shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan elektroneyromiografik va ul`tratovushli dopplerografik tekshiruvlar orqali miniinvaziv tashqi six-sterjenli apparat qo‘llanilgan bemorlarda tizza bo‘g‘imining erta funksiyasi va faol harakatning boshlanishi tufayli neyrotrofik va mikrotsirkulyator o‘zgarishlar xavfining kamayishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan mini-invaziv tashqi six-sterjenli apparat va an’anaviy Ilizarov apparati konstruksiyalarining solishtirma mustaxkamligi xamda apparat deformatsiyasi orasidagi bog‘liqlik matematik va kompyuterli modellashtirish yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarini tashxislash, davolash va oldini olishga zamonaviy yondashuv asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
katta boldir suyaklari sinishlarini kompression-distraksion apparat davolash asosida ishlab chiqilgan «Kompression–distraksion apparat»ga Intellektual mulk agentligi patenti olingan (FAP 00571, 18.08.2010 yil). Olingan natijalar katta boldir suyaklari sinishlarini xirurgik davolashda samara olish imkoniyatini bergan;
katta boldir suyaklarini davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida «Katta boldir suyagi sinishlarida six-sterjenli apparat yordamida stabil-funksional osteosintez» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 3 noyabrdagi 8n-d/184-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlarini tashxislash va davolashning zamonaviy samarador usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
katta boldir suyagi proksimal qismi bo‘g‘im ichi va bo‘g‘im atrofi sinishlarida davolash taktikasini ishlab chiqilgan bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Respublika nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida, Buxoro viloyati Kogon shaxri tibbiyot birlashmasida, Samarqand viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi ish faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida katta boldir suyagi proksimal qismi sinishlari bo‘lgan bemorlarni davolanish muddatlarining 10,7 kunga qisqarishi imkonini bergan.