Abzalova Munisa Yakupdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘tkir appendisit va uning asoratlarining kompleks ul`tratovush tashxisoti» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1370.
Ilmiy rahbar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Umida Muxtarovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘tkir appendisit va uning asoratlari tashxisotini zamonaviy ul`tratovush tekshiruvlaridan foydalangan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda chuvalchangsimon o‘simtaning kompleks ul`tratovush tashxisotining, V-rejimdagi, rangli va energetik doppler tekshiruvlarini o‘z ichiga olgan, o‘tkir appendisitni qiyosiy tashxislash texnologiyasi takomillashtirilgan;  bolalarda o‘tkir appendisit turli klinik shakllarining ushbu patologiyada chuvalchangsimon o‘simta fazali morfologik o‘zgarishlarini hisobga olgan holda kompleks exografik semiotikasi, ya’ni o‘simta diametrining, devor qalinligining, devor qavatliligining va rigidligining o‘zgarishlari asoslangan;
V-rejim va doppler tartiblarida (RDK va ED) bolalarda o‘tkir appendisit va uning asoratlariga xarakterli bevosta (ChO‘ devorida qon oqimining o‘zgarishi) va bilvosita (ChO‘ atrof to‘qimasida qon oqimining o‘zgarishi) ul`tratovush belgilari asoslangan;
bolalarda o‘tkir appedisit tashxisini kuyishda, ushbu kasallik asoratlarini erta aniqlash xamda operatsiyagacha bo‘lgan bosqichda xulosa olish imkonini beruvchi modifikatsiyalangan klinik-laborator-exografik tashxis shkalasi ishlab chikilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda o‘tkir appedisit va uning asoratlarining kompleks ul`tratovush tashxisoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli kasalliklarning natijasida yuzaga kelgan o‘tkir appendisitni samarali tashxislash orqali «Bolalarda o‘tkir appendisit va uning asoratlarini kompleks ul`tratovush tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyalari ishlab chiqildi (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi  8n-r/304-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bolalarda o‘tkir appendisit va uning asoratlarini nur tekshiruv usullariga asoslanib ishonchli tashxisot o‘tkazishga imkon berdi.
bolalarda o‘tkir appedisit va uning asoratlarining kompleks ul`tratovush tashxisot kompleks exografiyani asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nur tashxisoti bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi  8n-d/215-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxis jarayoni muddatining qisqartirish, bolalarda o‘tkir qorin patologiyasining tarqalishini topish aniqligini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish