Yusupov Ulug‘bek Shukrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tikuv-trikotaj korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.PhD/Iqt1864.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02 .
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akram Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kazakov Olim Sobirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tikuv-trikotaj korxonalarida  innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv-trikotaj korxonalarida «engillashtirilgan» trikotaj matolarini ishlab chiqarishni tashkil etish orqali qo‘shimcha ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni, iqtisod qilinadigan trikotaj matosi, hamda olinadigan foyda miqdori hisobiga    erishiladigan iqtisodiy samarani  baholash usullari takomillashtirilgan.
tikuv oqimining tashkiliy-texnikaviy darajasini tavsiflovchi, oqim ishchilarining  mexanizatsiyalashgan mehnat bilan qamrab olinish darajasi hamda yarim  avtomat va avtomatlarda bajarilgan ish usullariga ketgan vaqtning umumiy sarf vaqtiga nisbatan ulushi bilan mehnat unumdorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik  asoslangan;
“LAB-ANVAR“ xususiy tikuvchilik korxonasida ishchilarning mexanizatsiyalashgan ish bilan  bandligi darajasini 0,72 dan 0,76ga hamda  texnologik konstruksiyalarni jalb qilish darajasini 0,4 etkazish hisobiga mehnat unumdorligini  5%ga, mahsulot rentabelligini 1,6%ga oshirish ichki imkoniyati mavjudligi asoslangan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini innovatsion-investision rivojlantirish tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2025 yil istiqbol ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikuv-trikotaj korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikuv-trikotaj     korxonalarida xomashyo sarfini qisqartirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish va korxona foydasini oshirish “engillashtirilgan” trikotaj matolari ishlab chiqarishni tashkil etish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “NAZ O’RMA” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 iyundagi 03/12-1833-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida “NAZ O’RMA” MChJ  korxonasida ishlab chiqarish xarajatlarini 14 foizga qisqartirishga erishilgan;
tikuv oqimining tashkiliy-texnikaviy darajasi bilan mehnat unumdorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni  juft korrelyasiya koeffisientlari matrisasi orqali baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar  “LAB - ANVAR“ ChP va “NAZ O’RMA” MChJ  faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 iyundagi 03/12-1833-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan korxonada innovatsion faoliyat samaradorligini baholashda foydalanilgan. Taqdim etilgan ilmiy ishlanmalarini joriy qilinganda, korxonada har bir tikuv oqimida  tashkiliy – texnikaviy omillar hisobiga mehnat unumdorligini 3,35%ga, mahsulot sotishdan olinadigan yalpi foydani 7798 m.so‘mga, mahsulot rentabelligini 3,6%ga  oshirishga erishilgan;
    tikuv-trikotaj mahsulotlari assortimentini optimallashtirish modeli asosida korxona foydasini oshirish ichki imkoniyatlari asoslash bo‘yicha berilgan takliflar “LAB - ANVAR“ ChP va “ASAKATEKSTIL” MChJ faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 iyundagi 03/12-1833-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar asosida korxonada ishlab chiqarilayotgan jami 8ta assortiment bo‘yicha mehnat sarfini rejaga nisbatan 24,14 ming soatga qisqartirishga erishilgan;
    innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimini takomillashtirishning konseptual modeli asosida trikotaj-tikuvchilik korxonalarida innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari  asoslash  bo‘yicha berilgan takliflar “ASAKATEKSTIL” MChJ faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 iyundagi 03/12-1833-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan korxonada innovatsion jarayonlarni rivojlantirish tizimining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish