Xasanov Farrux Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda kiber risklarni sug‘urtalash masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1372.
Ilmiy rahbar: Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (Dsc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kiber risklarni sug‘urtalashni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kiber risklarni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektini axborot makoni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhiti kategoriyasining zamonaviy tushunchasiga moslash maqsadida yangi «Nomoddiy aktivlar sug‘urtasi» klassini kiritish taklif etilgan;
kiber risklarning xususiyati, iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda kiber risklar turkumiga kiruvchi risklar toifasiga qarab sug‘urtaning ixtiyoriy yoki majburiy shakllarini qo‘llash asoslangan;
kiber risklarni sug‘urtalashning shartlari va tarif stavkalarini sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manfaatlariga moslashtirilgan yagona davlat tizimini yaratish taklif etilgan;
axborot resurslari va tizimlari qiymatini baholashda sug‘urta riskiga bog‘liqlikni qo‘llamagan holda ularni xarajat asosida hisoblashning soddalashtirilgan usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston kiber risklarni sug‘urtalash masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
kiber risklarni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektini axborot makoni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhiti kategoriyasining zamonaviy tushunchasiga moslash maqsadida sug‘urta faoliyati klassifikatoriga yangi «Nomoddiy aktivlar sug‘urtasi» klassini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 9 iyundagi KT/16-02-32-18/839-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan «2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiber risklarni sug‘urtalashni ishlab chiqish va joriy etish chora-tadbiri sifatida kiritilgan;
kiber risklarning xususiyati, iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda kiber risklar turkumiga kiruvchi risklar toifasiga qarab sug‘urtaning ixtiyoriy yoki majburiy shakllarini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 9 iyundagi KT/16-02-32-18/839-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan «2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiber risklarni sug‘urtalashni ishlab chiqish va joriy etish chora-tadbiri sifatida kiritilgan;
kiber risklarni sug‘urtalashning shartlari va tarif stavkalarini sug‘urta mahsuloti iste’molchilarining manfaatlariga moslashtirishga qaratilgan yagona davlat tizimini yaratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2021 yil 9 iyundagi KT/16-02-32-18/839-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan «2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiber risklarni sug‘urtalashni ishlab chiqish va joriy etish chora-tadbiri sifatida kiritilgan;
axborot resurslari va tizimlari qiymatini baholashda sug‘urta riskiga bog‘liqlikni qo‘llamagan holda ularni xarajat asosida hisoblashning soddalashtirilgan usulini qo‘llash bo‘yicha taklifi «UNICON.UZ» davlat unitar korxonasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan («UNICON.UZ» (Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi) DUKning 2021 yil 14 apreldagi 1-1/597-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Axborot tizimlari qiymatini hisoblash metodikasi» ushbu taklif asosida qayta ishlab chiqilgan. Yangi uslubiyot davlat va xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlarning mavjud axborot resurslari va tizimlari bo‘yicha alohida hisob yuritishi orqali haqiqiy qiymatiga yaqinlashish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish