Tishlikov Sultonjon Abduraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Viloyat boshqaruvida «elektron hukumat» tizimi hujjatlariga ishlov berish ishonchliligini oshirish usullari va algoritmlari», 05.01.02- Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1296
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumanov Isroil Ibragimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: viloyat boshqaruvi ma’muriy organlari «elektron hukumat» tizimlarida hujjatlar axboroti ishonchliligini oshirish usul, model, algoritmlari va dasturiy vositalarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot ishonchliligini oshirishni sun’iy, tabiiy, semantik va tarkibiy-texnologik axborotlar ortiqchaliklaridan foydalanishga asoslangan konstruktiv yondashuv, model va algoritmlar taklif etilgan;
chiziqli, tekislik, modulli yig‘indilar va ortiqchalikka ega kodlash hamda ko‘p bosqichli morfologik va tarkiblashgan n-gramm tahlillarga asoslangan ko‘p karrali xatolarni aniqlash va tuzatish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
ob’ektni evristik qidirishda mumkin bo‘lgan barcha variantlarni tanlash, kuydirish, chegaralash tamoyillariga, Markov zanjiri bo‘yicha stoxastik modellashtirish mexanizmlari umumlashuviga asoslangan modellar bo‘yicha ko‘p karrali xatolarni aniqlash va tuzatish mexanizmlari ishlab chiqilgan va algoritmlar takomillashtirilgan;
axborot ishonchliligini oshirishni ishonchlilik, nazorat qilish murakkabligi va harajat narx qiymati mezonlari bo‘yicha algoritmlar samaradorligi tadqiq qilingan xamda ularning parametrlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Viloyatning quyi “elektron hukumat” tizimlarida ish yuritish hujjatlari ma’lumotlarini qayta ishlashni optimallashtirish va uzatish ishonchliligini oshirish borasida ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida;
axborotlarga ishlov berish ishonchligini oshiruvchi mexanizmlar bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy majmua, vositalar, tavsiyalar «O‘ZBEKTELEKOM» Sirdaryo filiali «Sirdaryo Telekom» joriy qilingan. (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi №33-8/136-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, axborotni nazorat kilish va ishonchlilikni oshirish mexanizmlari, an’anaviy vizual nazorat qilish texnologiyasi ko‘rsatkichlariga nisbatan, ma’lumot ishonchligini ikki-uch tartibga oshirish, murakkablik va xarajat narxi koeffisientlari qiymatlarini 5 -6 marotobagacha kamaytirish imkonini bergan.
ish yuritish hujjatlari ma’lumotlarini qayta ishlashni optimallashtirish va uzatish ishonchliligini oshirish borasida ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar Sirdaryo viloyati bandlik Bosh boshqarmasi faoliyatida joriy qilingan. (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi №33-8/136-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, an’anaviy vizual nazorat qilish mexanizmlariga nisbatan axborot ishonchliligini 2-3 tartibda oshirishi xamda ilmiy ishlanmalar samaradorligi tashkiliy-ma’muriy hujjatlarni bajarilishi, tahlili, qayta ishlanishiga ketadigan moddiy harajatlar miqdorini taxminan 15% ga kamaytirish imkonini bergan;
axborot ishonchliligini oshirish algoritmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy majmua «APK Oq oltin» UK faoliyatida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi №33-8/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada joriy etilgan dasturiy majmua matnlardagi imloviy xatolar soni 92% gacha aniqlash xamda turli ikki karrali, o‘xshash, transpozitiv xatolarni tuzatish, murakkablik va harajat narxi koeffisientlari qiymatlarini 5-6 marotobaga kamaytirish imkoniyatlarini bergan.