Jumaboeva Zebo Ziyodullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Li+4,36 ZSM-5 va Na+4,36 ZSM-5 seolitlarida ammiak, uglerod (IV) oksidi va n-geptan adsorbsiya issiqligi va izotermasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K372.
Ilmiy rahbar: Yakubov Yo‘ldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Baxronov Xayot Nurovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Li+4,36 ZSM-5 va Na+4,36 ZSM-5 seolitlarida gaz va bug‘lar adsorbsiyaning izotermasi, asosiy termodinamik xususiyatlari va mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Na+4,36 ZSM-5 va Li+4,36 ZSM-5 seolitlarida ammiak, CO2 va n-geptan adsorbsiyalanishining asosiy termodinamik tavsiflari (ΔN, ΔG va ΔS) olingan;
Na+4,36 ZSM-5 va Li+4,36 ZSM-5 seolitlarining barcha to‘yinish sohalarida ammiak, CO2 va n-geptan adsorbsiyalanishining molekulyar mexanizmi aniqlangan;
Li4.36ZSM-5 seolitida ammiak avval N+ protonlariga, keyin Li+ kationlari bilan monokompleks hosil qilib adsorbsiyalanishi, bunda proton va kationlarga 6 molekula ammiak adsorbsiyalanishi, seolit kanallarida ammiakning xarakatchanligi tormozlangan holatda bo‘lishi isbotlangan;
Li+4,36 ZSM-5 seolitlarida N+ kationiga 5 ta SO2 molekulasi ketma-ket adsorbsiyalanib, 5CO2/N+ kompleksini hosil qiladi, litiy kationlarining o‘lchami kichik bo‘lganligi uchun yon kanalchalarda joylashadi, shuning uchun ham ular karbonat angidrid bilan to‘liq bog‘lanmagan holatda bo‘ladi, Na+4,36 ZSM-5 seolitida esa adsorbsiya 2 ta energetik markazlarida farqlanib, dimer va trimer komplekslar hosil bo‘lishi bilan borishi isbotlangan;
Li+4,36 ZSM-5 seolitida n-geptan adsorbsiyasi tajriba natijasida aniqlangan sorbsion hajm (0,21 sm3/g) nazariy hisoblangan hajmiga nisbatan 10% ga yuqori bo‘lib, bu esa seolitda oz miqdorda mezog‘ovaklar borligini ko‘rsatadi.Li+4,36 ZSM-5 n-geptan adsorbsiyasi uchun umumiy adsorbsiya energiyasiga nisbatan induksiya hissasi 16 kJ/mol ga,Na+4,36 ZSM-5 seoliti uchun esa 15,5 kJ/mol ga tengligi isbotlangan;
seolitlarning zaryad zichligi adsorbsiya mexanizmiga, adsorbsiya issiqligiga va adsorbsiyalangan molekulalar miqdoriga sezilarli ta’sir qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida yuqori aniqlikdagi adsorbsiyaning to‘liq termodinamik tavsiflari (ΔN, ΔG va ΔS) bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
MFI (ZSM-5) seolitlarida adsorbsion-kalorimetr usul yordamida olingan adsorbsiyaning differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va termokinetikalari asosidagi natijalar №FA-F7-012 “Polifunksional ta’sirli qator metallarning yangi aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada tuzilishi har xil bo‘lgan koordinatsion birikmalarda sorbsiyalanish xossasining mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 fevraldagi  4/1255-468-son ma’lumotnomasi). Natijada, sorbentlik xususiyatiga ega bo‘lgan koordinatsion birikmalarning tarkibidagi funksional guruhlari, bog‘lar tabiati hamda energiyalari aniqlanib, adsorbsion xossalari shuningdek termodinamik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
ZSM-5 rusumidagi seolitlar analoglari - tabiiy gazni tarkibidagi atrof-muhit uchun xafvli bo‘lgan qo‘shimchalar karbonat angidrid, oltingugurtli birikmalar hamda ammiak kabi zararli moddalardan tozalash ishlanmalari “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan  («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 03-17-5/195-son ma’lumotnomasi). Natijada, seolitlarda tabiiy gaz tarkibidagi qo‘shimchalar karbonat angidrid va oltingugurtli birikmalardan tozalash darajasini 3-9 barobarga, shuningdek tabiiy gaz tarkibidagi zararli ammiakdan tozalanish darajasini 81 % oshirish imkonini bergan;
ZSM-5 tipidagi seolitlar analoglari yordamida gazlar tarkibidan suv bug‘larini quritish usullari “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan  (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 13 dekabrdagi 03-17-5/195-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazni suv bug‘laridan ajratib olishni ruhsat etilgan ko‘rsatgich qiymatlaridan kamaytirish, ya’ni 1,1 ppm ga tushirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish