Adashov G‘ayrat Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarning moliyaviy resurslarini shakllantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1159.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy resurslarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki investisiya manbalari bo‘yicha depozitlar ulushini 34 foizgacha oshirish, qimmatbaho metallar bozori imkoniyatlarini kengaytirish orqali aholi, mikrofirmalar resurslarini faol jalb qilish imkoniyati asoslangan;
investisiyalarning tashqi manbai sifatida taqdim etilgan kredit liniyalaridan foydalangan tadbirkorlik sub’ektlariga olingan kredit summasidan hisoblangan foizlarni milliy valyutada qaytarish taklif etilgan;
eksportni moliyalashtirish uchun kreditlar berishda aylanma mablahlar uchun 50 foizgacha davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya berish asosida tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlash taklif etilgan;
Toshkent viloyatini investisiya faoliyatini rejalashtirish, investision jozibadorligi hamda nomarkazlashtirish ko‘lamini oshirishning 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Real sektor korxonalari moliyaviy risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki investisiya manbalari bo‘lgan depozitlar ulushini oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi "2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida" gi PF-5992-sonli Farmonining 4-bandida hisobga olingan. Xususan, moliyaviy xizmatlarning ochikligi oshirildi, kam ta’minlangan jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik firmalarning depozit operatsiyalariga kirish imkoniyatlari kengaytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/287-son ma’lumotnomasi).  Natijada, Toshkent viloyatidagi banklar depozitlarining umumiy hajmi 2020 yilning birinchi yarmida 2019 yilning shu davriga nisbatan 33,7 foizga o‘sdi va 5 287,4 milliard so‘mni tashkil etgan;
chet el investisiyalarini jalb qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi taklif Prezidentning 2018 yil 1 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida investisiya muxitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni ijrosi asosida amalga oshirildi. Natijada Toshkent viloyatida xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tdi va 1 milliard AKSh dollarlik shartnomalar imzolandi. Nurafshonda "aqlli shahar", Chinozda logistika markazi qurish va Bo‘stonliqda yaxlit turistik infratuzilmani yaratish bo‘yicha loyihalar imzolangan ((O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/287-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, ushbu mintaqaga investisiyalarning o‘sish sur’atlari 2020 yilning birinchi yarmida 2019 yilning shu davriga nisbatan 60 foizga o‘sdi va reja prognozi 103,5 million AQSh dollari o‘rniga amalda 175 million AQSh dollarini tashkil etgan;
O‘zbekistonda shaffof bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida byudjetni qo‘llab-quvvatlashga va uning xarajatlar qismini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 dekabrdagi 816-sonli Jahon banki ishtirokida "O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori asosida amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/287-son ma’lumotnomasi).  Natijada respublika va Jahon banki o‘rtasida kreditlarini 10 yil muddatga 250 million AQSh dollari va 30 yillik muddatga 250 million AQSh dollari miqdoridagi kreditlarni jalb qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. Buning natijasida 2021 yilga mo‘ljallangan byudjet xarajatlari 500 million AKSh dollariga kamayadi;
eksport qonunchiligining imtiyozlari va preferensiyalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qiluvchi idoralar tashkil etilganligi mintaqaning tashqi savdo aylanmasida eksport ulushini oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 dekabrdagi PQ-4069-sonli "Eksportga ko‘maklashish va uni ragbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorida hisobga olingan.  Ushbu qaror ijrosi asosida xom-ashyo eksporti xajmini tovar eksporti mikdori bilan muvofiklashtiruvchi eksportni rivojlantirish agentligi tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/287-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyati meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda respublika hududlari orasida yetakchi o‘rinni egalladi - 136,6 ming tonna.

Yangiliklarga obuna bo‘lish