Qo‘zieva Sahobat O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turkiston tog‘ tizmasida tarqalgan Tobulg‘ining (Spiraea hypericifolia L.) morfo-biologik xususiyatlari va senopopulyasiyalari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V306.
Ilmiy rahbar: Imomova Dilfuza Anorovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Raximova Toshxon To‘ymuxammedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Keldiyorov Xudoyor Atamurodovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston tizmasida tarqalgan Spiraea hypericifolia L. turining morfo-biologik xususiyatlari va senopopulyasiyalarining holatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston tog‘ tizmasida tarqalgan Spiraea hypericifolia L. turining turli ekologik-fitotsenotik sharoitlarda 9 ta senopopulyasiyasi aniqlangan;
Spiraea hypericifolia L. turining morfo-biologiyasi va turli muddatlarda saqlangan urug‘larining unuvchanligi aniqlangan;
senopopulyasiyalarning ontogenetik strukturalari hamda yosh tiplari ochib berilgan;
tabiiy sharoitda Spiraea hypericifolia L. turining vegetativ organlarini anatomik tuzilishi ochib berilgan;
senopopulyasiyalarning tarqalishini bo‘yicha GAT xaritasi tuzilgan va turni muhofaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turkiston tog‘ tizmasida tarqalgan Spiraea hypericifolia L. turini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tobulg‘i (Spiraea L.) turkumining manzarali o‘simlik sifatida foydalaniladigan turlari plantatsiyalarini yaratish, turning genofondini saqlab qolish maqsadida Zomin qo‘riqxonasining bufer zonalarida quasi in situ sharoitida ularning tirik kolleksiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza kilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 18 iyundagi 03-02/8-674-son ma’lumotnomasi). Natijada, S. hypericifolia turining tarqalish areallari, kamayib borish sabablari aniqlanib, turni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Turkiston tog‘ tizmasida S. hypericifolia ishtirok etgan o‘simlik jamoalari tarkibida jami 42 oila 125 turkumga mansub 159 turdagi o‘simliklar aniqlanib, yuksak o‘simliklarning ro‘yhati shakllantirilib, S. hypericifolia turining tarqalish areali aks ettirilgan GAT xaritalari tuzilib, turning tarqalishi va resurs imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Jizzax viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 24 iyundagi 04/21-2665-son ma’lumotnomasi). Natijada, Spiraea hypericifolia turining tarqalgan areallarini, kamayib borish sabablarini aniqlash va muhofaza qilish chora-tadbirlari ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish