Kenjaeva Poshsha Umidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil35.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Naim Fatixovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jafer Shen,filologiya fanlari doktori, professor (Turkiya, Dokuz Eylyul` universiteti); Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr turk nasri doirasida hikoya janrining shakllanish omillari, taraqqiyot tamoyillari, davrlashtirish muammolari, uslubiy o‘ziga xosliklari hamda zamon va qahramon psixologiyasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:
turk adabiyotida hikoya janrining vujudga kelish, shakllanish va taraqqiyot tamoyillari janr tadrijidagi tarixiy-adabiy jarayon asoslangan;
XX asr turk hikoyachiligi xronologik jihatdan davrlarga bo‘linib tasniflangan shunga ko‘ra janrning shakliy va mazmuniy ahamiyati dalillangan;
turk hikoyachiligiga fransuz adabiyotining ta’siri, unga xos realistik tasvir ko‘rinishlari aniqlangan;
an’anaviylik va novatorlik masalasi XX asrning 1920–1940 yillar hikoyalari tahlilida isbotlangan;
zamonaviy hikoyalarda davr in’ikosi va psixologik tahlilning o‘ziga xosligi uslub va metodlar xilma-xilligida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turk adabiyotida XX asr turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari to‘g‘risidagi natijalar Turkiya Jumhuriyati Bosh Vazir devoni huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi – TİKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ilmiy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan faoliyatlar doirasida O‘zbekiston va Turkiya olimlari, talabalari uchun muhim manba sifatida foydalanilgan (TİKA O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2017 yil 13 iyuldagi 162-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasining amaliyotga joriy qilinishi turk adabiyoti haqidagi talqinlarning yanada boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;
turk hikoyachiligining shakllanishi, uning poetikasi va tarjima asarlari masalalari Turkiyadagi Anqara Yildirim Boyazid universitetining turk tili va adabiyoti bo‘limi «TDE556 Kodlu-Orta Asya Türk Kültürü», «TDE328 Kodlu – Türk Dünyası Halk Edebiyatı», «TDE664 Kodlu – Türk Cumhuriyetleri ve Türk Toplulukları Folkloru» ta’lim yo‘nalishida muhim manba sifatida foydalanilgan (Anqara Yildirim Boyazid universitetining 2017 yil 16 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning bu boradagi bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Kutilmagan mehmon» nomli hikoyalar to‘plamidagi tarjimalardan Turkiyaning G‘ozi universiteti adabiyot fakul`teti «2060068 – Metin Çözümleme Yaklaşımları», «CLE-306-Modern Türk Edebiyatı-IV», «CLE-211-Özbek Türkçesi» «GDD-304-Özbek Türkçesi metin aktarma-II», «GDD-402-Özbek Türkçesi Metin Aktarma-IV» doirasida qo‘llanilgan (Gazi Üniversitesi 16.VI.2017.). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi turk hikoyalarining ikki tilda qiyoslanishi, poetik jihatdan o‘rganilganligini asoslashga xizmat qilgan;
mazkur tadqiqotga tortilgan zamonaviy turk yozuvchilaridan Firuzan, T.Uyar, M.Qutlu hikoyalarining o‘zbekcha tarjimalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» radiokanalida efirga uzatiladigan «Mutolaa zavqi» dasturi doirasida turkum eshittirishlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanalining 2017 yil 17 iyuldagi 04-34-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi turk yozuvchilarining hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishda, radiotinglovchilarni yozuvchilarning asarlari bilan tanishtirishda muhim manba vazifasini bajargan.