Navruzov Nurali Itolmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buzoqlar kolibakteriozining patomorfologiyasi va immunoprofilaktikasida xitozan preparatining roli», 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi va 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.1.PhD/V4.
Ilmiy rahbarlar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamadullaev Gulmurod Xamidovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babaqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Axmedov Baxodir Nazarovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buzoqlar kolibakteriozining patomorfologik diagnostikasini ishlab chiqish, kasallikning oldini olish va davolashda xitozan asosidagi immunostimulyatorlarning rolini ilmiy asoslash va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz hududlarida naslli buzoqlar kolibakteriozini tarqalishining o‘ziga xos mavsumiyligi va yoshga bog‘liqligi aniqlangan;
nanopolimer kompleks immunostimulyatorli xitozan preparatining E.coli bakteriyalariga bakteriostatik va bakterisid ta’sir etishi aniqlangan;
kolibakteriozga qarshi GOA formol vaksina va xitozan suksinat (4%) assotsiatsiyasi bilan emlangan buzoq, qo‘zi va quyonlar organizmida IgM va IgG immunoglobulinlar miqdori va antitelolar titri (1:1600 gacha) odatiy vaksinatsiyaga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
buzoqlarning kolibakterioz va sal`monellyozini davolovchi giperimmun qon zardobi tayyorlash uchun kompleksli bakteriya antigenini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buzoqlar kolibakteriozining patomorfologiyasi va uni profilaktika qilishda immunostimulyatorlarning roli bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Buzoqlarning kolibakterioz va sal`monellyozini davolovchi giperimmun qon zardobi uchun kompleksli bakteriya antigenini olish usuli» ishlab chiqilgan va Respublika Intellektual Mulk Agentligidan «Ixtiro»ga patent (№ IAP 06162) olingan. Natijada kolibakterioz bilan zararlangan buzoqlarni davolash samaradorligi 90% dan yuqori natijaga erishilgan.
«Buzoqlar kolibakteriozining patomorfologik diagnostikasi, profilaktikasi va davolash bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan hamda Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qoramolchilik feremer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/23-273-son ma’lumotnomasi). Natijada buzoqlar kolibakteriozini giperimmun qon zardobi bilan davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
buzoqlar kolibakteriozini oldini olishda kolibakteriozga qarshi GOA formol vaksina va xitozan suksinat assotsiatsiyasini qo‘llash usuli veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/23-273-son ma’lumotnomasi). Natijada emlangan 1949 bosh buzoqlar organizmining immun tizimi barqarorlashib, qo‘llanilgan vaksinaning postvaksinal immunfaolligi samarador bo‘lishiga erishilgan;
kolibakterioz bilan zararlangan naslli buzoqlarni giperimmun qon zardobi bilan davolash usuli joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/23-273-son ma’lumotnomasi). Natijada kolibakteriozga qarshi GOA formol vaksina va xitozan suksinat (4%) assotsiatsiyasining iqtisodiy samaradorligi 1 so‘m xarajatga 4,5 so‘m foyda olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish