Vaxabova Dilfuza Xaitvaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida intellektual kapitaldan samarali foydalanish yo‘llari”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt277.
Ilmiy rahbar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximov Norim Razzakovich, fan doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion rivojlanish sharoitida O‘zbekistonda intellektual kapitaldan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar o‘rtacha ta’lim davomiyligining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash orqali oliygohlarda kam ta’minlangan xotin-qizlar uchun kvota ajratish taklifi kambag‘allikni qisqartirish choralaridan biri sifatida asoslangan;
oliy ta’limning muhandis-texnik yo‘nalishi bitiruvchilarining joriy qilingan innovatsiyalar va yaratilgan yangi texnologiyalar, dasturiy vositalar orqali innovatsion iqtisodiyotga o‘tishga ta’sirini baholash asosida texnika universitetlari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan;
“ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi”ni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, magistr, qayta tayyorlash va malaka oshirish, o‘rta maxsus ta’lim, abiturientlarni talabalikka tayyorlash, iqtisodiy sub’ektlarga konsalting xizmatlari ko‘rsatishga asoslangan innovatsion ta’lim xabini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari taklif etilgan;
kelajakda mamlakat iqtisodiyotini o‘sishi, aholi sonida yoshlar ulushi oshishini hisobga olgan holda ularni oliy ta’lim bilan qamrab olishni 70 foizga etkazish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz hisob-kitoblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida intellektual kapitaldan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollar o‘rtacha ta’lim davomiyligining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash orqali olingan natija Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Oliy va o‘ta mahsus ta’lim vazirligiga kam ta’minlangan xotin-qizlar uchun alohida kvotalar ajratish bo‘yicha takliflar tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 02/22-01-10/20-960-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakatda kam ta’minlangan aholi ulushini qisqatirish, gender tengligini darajasini yaxshilash imkoniyatini yaratgan;
oliy ta’limning muhandis-texnik yo‘nalishi bitiruvchilarining innovatsion iqtisodiyotga o‘tishga ta’sirini baholash asosidagi natija Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 iyundagi №02/22-01-10/20-960-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalliyotga tadbiq etish muxandis-texnik kadrlarni tayorlovchi respublika oliygohlarining raqobatbardoshligini hamda ularning bitiruvchilari sifatini oshishiga olib kelgan;
“ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi”ni mustahkamlash maqsadida zamonaviy ta’lim xabini shakllantirish bo‘yicha takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 iyundagi 02/22-01-10/20-960-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olishni oshirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga olib kelgan;
yoshlarni oliy talim bilan qamrab olishning maqsadli prognoz parametrlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 iyundagi 02/22-01-10/20-960-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijani amaliyotda joriy etilishi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olishni bevosita raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi bilan bog‘lash imkoniyatini yaratgan.