Sulaymanova Mexrinsa Ibraximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va qirg‘iz fol`klorida taqinchoqlar obrazlantirilishining spesifikasi», 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil1006.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidahmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSs.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadiriddinovich, filologiya fanlari doktori; Allambergenov Hamza Kamalovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qirg‘iz fol`klorida taqinchoqlar obrazining kelib chiqish ildizlari hamda poetikasiga xos tipologik, spesifik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qirg‘iz fol`klorida taqinchoqlar obrazining o‘rni, tizimi aniqlanib, ularning fetishizmga aloqador qadimiy mifologik inonch-e’tiqodlar, magik xarakterdagi marosimlar asosida kelib chiqqani, ijtimoiy hayot voqeliklari asosida turli ramziy-timsoliy ma’nolarda epik, lirik, paremik turdagi janrlarda obrazlantirilgani asoslangan;
o‘zbek va qirg‘iz fol`kloridagi taqinchoqlar obrazi o‘zida har ikkala xalqning zargarlik san’ati va kasbida erishgan yutuqlarini badiiy namoyon etishi, og‘zaki poetik an’anadan o‘rin olgan boshqa obrazlar bilan funksional-semantik jihatdan mushtarakligi, ular bilan bog‘liq axloqiy qarashlar ifodasi aniqlangan;
ikkala xalq lirik va marosim qo‘shiqlarida inson bosh, bo‘yin, ko‘krak, qo‘l, bel qism a’zolariga taqiladigan taqinchoqlar obrazlantirilishining mifologik asoslari, poetik talqinidagi tipologik belgilar aniqlanishi asosida turkiy xalqlar badiiy tafakkurining genetik aloqadorligi hamda etnofol`kloristik nuqtai nazaridan o‘ziga xosligi isbotlangan;
qo‘shiqlarda taqinchoqlarning o‘zak yo vaziyat ramzlarini hosil qilishi, turli ma’danlar nomi orqali sifatlanishi, zargar obrazi, zargarlik buyumlarining poetik tasvirlanishi, ayrim (tishqali, lotiba, xapavant, uku va hokazo kabi) unutilayotgan faleronimlarning fol`klor tilida saqlangani adabiy til tarixini boyitish uchun muhim manba vazifasini bajarishi ochib berilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qirg‘iz fol`klorida taqinchoqlar obrazlantirilishining spesifikasi mavzusi doirasida amalga oshirilgan ishlar asosida:
o‘zbek va qirg‘iz xalqining taqinchoqlar bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar tizimi, taqinchoqlarning marosimlardagi o‘rni, taqinchoqlar bilan bog‘liq axloqiy qarashlarning badiiy ifodasi haqidagi nazariy xulosalardan F1-FA-043429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) hamda FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 yanvardagi 163-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot xulosalari o‘zbek va qirg‘iz fol`klorida taqinchoqlar obrazi talqiniga xos tipologik  va spesifik xususiyatlarni aniqlashga xizmat qilgan;
o‘zbek va qirg‘iz xalq qo‘shiqlarida sirg‘a obrazining berilishi va u bilan bog‘liq e’tiqodlar, o‘quvchilarning etnomadaniy bilimlarini rivojlantirishda zargarlik buyumlari obrazi ishtirok etgan xalq qo‘shiqlarini sinfdan tashqari o‘qitishning ahamiyatini ochib berishda foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi Milliy yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 12 maydagi 1128/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qirg‘iz va o‘zbek fol`kloridagi ramziy buyumlar obrazini qiyosiy o‘rganish, turkiy xalqlar fol`klorining tipologik janr, motiv va obrazlari tizimini aniqlash, shuning bilan birga, ularni tasniflash ahamiyati kabi masalalar oydinlashtirilgan;
Qirg‘iziston Respublikasi “ElTR” davlat teleradiokompaniyasining “Bilim jana Ilim” kanalining “Kol ѳnѳrchүlүk” (“Qo‘l hunarmandchiligi”), “Adabiyat aydiӊi” (“Adabiyot sarchashmalari”), “Jan dүynѳ” (“Ma’naviy olam”), “Babalar baskan baraan jol” (“Bobolar bosgan ulkan yo‘l”) nomli teledasturlarini tayyorlashda o‘zbek va qirg‘iz fol`klorida taqinchoqlar obrazining poetik tasviri,  genetik aloqadorligi, tipologiyasi va ularning spesifik xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar va xulosalardan foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi “ElTR” davlat teleradiokompaniyasining “Bilim jana Ilim” kanalining 2021 yil 25 avgustdagi 01-8/47-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatuvlarning badiiy jihatdan yanada qiziqarli, mazmunli va jonli chiqishiga erishilgan.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Xazinamsan kitob” ko‘rsatuvlari, “Ma’naviyat sarchashmasi” va “Radiomutolaa” eshittirishlarini tayyorlashda o‘zbek va qirg‘iz fol`kloridagi taqinchoqlar obrazi tizimi, tipologiyasi hamda spesifikasiga oid umumlashmalardan foydalangan (2021 yilning 22 sentyabrdagi 20-24/241-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qirg‘iz fol`klorining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish