Rajapova Kumush Masharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimli yondashishning ilmiy metodik asoslari (5–7 sinf ona tili darslari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1666.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bobojonov Farhod Qurbanbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev G‘ofirjon Hasanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’limning ona tili darslarida zarur grammatik ma’lumot va matnlar ustida ishlash orqali o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimli yondashishning metodik asoslari ishlab chiqilgan va uning ona tili ta’limida tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti, shaxs kamolotidagi ahamiyati zarur grammatik ma’lumotlar va shunga mos nutqiy malaka hosil qiluvchi o‘quv materiallarni parallel qo‘llash orqali asoslangan;
nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimli yondashish, xususan, o‘quvchida tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini matn ustida ishlash orqali bir mashg‘ulotning o‘zida hosil qilish metodikasi ishlab chiqilgan;
turli nutq vaziyati va barcha nutq uslublariga xos matnlar ustida ishlash orqali o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirishning metodik ta’minoti pragmatik o‘quv topshiriqlarga asoslangan holda yaratilgan;
nutqiy ko‘nikmalarni zarur grammatik ma’lumotlar va turli nutqiy vaziyatlarga tayyorlovchi didaktik matnlar asosida tizimli rivojlantirish o‘quvchilarda hayot uchun zarur bo‘lgan kommunikativ, ixtiyoriy nutq vaziyatiga moslashish, o‘z fikrini turli shakllarda ravon va ixcham ifodalay olish malakalarini hosil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili mashg‘ulotlarida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimli yondashish mavzusi tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimli yondashishning metodik asoslari ishlab chiqilgan va uning ona tili ta’limida tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti, shaxs kamolotidagi ahamiyati zarur grammatik ma’lumotlar va shunga mos nutqiy malaka hosil qiluvchi o‘quv materiallarni parallel qo‘llash haqidagi xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 13 iyuldagi 153-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yangi alifbo va imlo qoidalariga bilan bog‘liq boblarining nazariy jihatdan boyishiga erishilgan;
nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimli yondashish, xususan, o‘quvchida tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini matn ustida ishlash orqali bir mashg‘ulotning o‘zida hosil qilish to‘g‘risida ishlab chiqilgan metodikalardan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 02 avgustdagi 189/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi haqidagi amaliy qismining ilmiy dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
turli nutq vaziyati va barcha nutq uslublariga xos matnlar ustida ishlash orqali o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirishning metodik ta’minoti pragmatik o‘quv topshiriqlari haqidagi natijalardan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 02 avgustdagi 189/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning amaliy qismi barcha nutq uslublariga xos matnlardagi so‘z yasalishi to‘g‘risidagi fikrlar bilan boyitilgan;
nutqiy ko‘nikmalarni zarur grammatik ma’lumotlar va turli nutqiy vaziyatlarga tayyorlovchi didaktik matnlar asosida tizimli rivojlantirish o‘quvchilarda hayotuchun zarur bo‘lgan kommunikativ, ixtiyoriy nutq vaziyatiga moslashish, o‘z fikrini turli shakllarda ravon va ixcham ifodalay olish malakalarini hosil qilishi haqidagi fikrlar bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qoraqalpog‘iston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Gavhar so‘zlar”, “Assalomu alaykum Qaraqalpag‘istan”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Meros” ko‘rsatuvlarida chiqishlar qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 avgustdagi 01-02/ 402-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga ona tilini asrash, uni rivojlantirish, o‘qitish, jamiyat orasida mavqeyini oshirish bo‘yicha kerakli tavsiya va tushuntirishlar berilgan.