Xalillaev Adilbek Kurambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ispan va o‘zbek tillarida “hombría”/“mardlik” konsepti qo‘llanishining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ispan tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil895.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abdurahim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tkachyova Anastasiya Aleksandrovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ispan va o‘zbek tillarida “hombría”/“mardlik” konseptining kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“hombría”/“mardlik” konseptiga  sinonim bo‘lgan “botirlik”, “dovyuraklik”, “jasurlik” tushunchalarni izohlovchi yadroviy leksemalar va ularning sinonimlari tarkibini aniqlash orqali “mardlik” konseptining o‘zbek tilida 3 ta semantik (“Ot+sifat”, “Sifat+ot”, “Fe’l+ravish") modellar yordamida ifodalanishi va “Jasurlik” konseptining ispan tilida valentía que - cifat+bog‘lovchi, reciente valor – sifat+ot, del valor – predlog+artikl+ot, temeridad atroz – Ot+ot kabi 4 ta model konstruksiya orqali ifodalanishi asoslangan;
“hombría/mardlik” semantik maydonining ispan va o‘zbek tillaridagi yadro va periferiyalari “mardlik” konseptini Botirlik va qo‘rqoqliq, Mardlik va nomardlik semantik guruh va semantik maydonlarga ajratish orqali aniqlangan;
ispan tilida “mardlik” konseptining morfosintaksik qurilishining ad’ektiv sintagma (Adj + virilidad/hombría/masculinidad), nominal sintagma (S + virilidad/ hombría/masculinidad), verbal sintagma (V + virilidad/ hombría/masculinidad) turlarini aniqlash orqali “hombría-mardlik” konsepti semantik maydoni konsept yadrosi, yaqin periferiya, uzoq periferiya darajalari dalillangan;
ispan va o‘zbek til madaniyatlariga xos bo‘lgan mardlik, botirlik, jasurlik, qo‘rqmaslik (hombría (hombredad), virilidad, masculinidad, valor, valentía, osadía, audacia, machismo), aql kuchi, ichki qudrat (entereza,firmeza,),  faollik, g‘ayratlilik, muvaffaqiyat (vigor, energía, fuerza), olijanoblik, qadr-qimmat (honor (honra, honradez), dignidad, caballerosidad), tashqi ko‘rinish (reciedumbre) kabi universal jihatlar konseptual usul orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ispan va o‘zbek tillarida “hombría”/“mardlik”konsepti qo‘llanishining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlariga doir ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ispan tilida “hombría”/“mardlik” konseptiga  sinonim bo‘lgan “botirlik”, “dovyuraklik”, “jasurlik” tushunchalarni izohlovchi yadroviy leksemalar va ularning sinonimlari tarkibiga doir ilmiy natijalardan Ispaniyaning Kadis universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-Ispaniya madaniyatlararo aloqalari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzasini tayyorlashda foydalanilgan (Ispaniya, Andalusiya, Kadiz universitetining 2021 yil 27 maydagi 59.2013-son ma’lumotnomasi). Natijada “konsept” tushunchasini o‘rganishda kognitiv va lingvomadaniy yondashuvning zamonaviy tilshunoslik fanidagi roli aniq ko‘rsatib berilgan va “hombría”/“mardlik” konseptining lingvomadaniy  xususiyatlariga oid o‘xshash jihatlari aniqlangan;
“hombría”/“mardlik” konsepti qo‘llanishining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasida keltirilgan ilmiy natijalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 17 maydagi 10-05/78-son ma’lumotnomasi). Natijada “Filologiya va tillarni o‘qitish (ispan tili)” ta’lim yo‘nalishida Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari modulini o‘qitishda hamda til nazariyasining til amaliyotiga integratsiyasi modullari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarini tuzishda xizmat qilgan;
“hombría”/“mardlik” konseptini ifoda etuvchi leksemalarning badiiy matnlarda, shuningdek maqol va matallardagi struktural modellariga oid xulosalardan “Lectura y escritura” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Los hombres y la personalidad” va “Oportunidades para las personas con discapacidad” mavzularini yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, nashr guvohnomasi №274-305). Natijada foydalanilgan material ularning mazmun va mohiyatini boyitish imkonini bergan;
ispan va o‘zbek madaniyatiga xos bo‘lgan mardlik, botirlik, jasurlik, qo‘rqmaslik (hombría (hombredad), virilidad, masculinidad, valor, valentía, osadía, audacia, machismo), aql kuchi, ichki qudrat (entereza,firmeza,),  faollik, g‘ayratlilik, muvaffaqiyat (vigor, energía, fuerza), olijanoblik, qadr-qimmat (honor (honra, honradez), dignidad, caballerosidad), tashqi ko‘rinish (reciedumbre) konseptlarning konseptual tahliliga doir xulosalardan Meksika Davlat Avtonom Universiteti tomonidan tashkil etilgan onlayn kurs mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Meksika Davlat Avtonom Universitetining  2021 yil 3 maydagi 801-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ispan madaniyatining qiyosiy tahlilini “hombría”/“mardlik” konsepti asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha berilgan xulosalar xorijiy mutaxassislar tomonidan e’tirof etilib, mazkur material sohaga oid manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish