Berdieva Shaxnoza Nabijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy adabiyotda non-fikshning o‘ziga xosligi (rus, o‘zbek va belarus nasri misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil594.
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Petruxina Natal`ya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus, o‘zbek va belarus nasridagi non-fikshn adabiyotining turli ko‘rinishlari asosida hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan zamonaviy adabiyotning badiiy o‘ziga xosligini muallif obrazi va xujjatli tasvir timsolida aniqlash.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«non-fikshn», «hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan adabiyot» tushunchalari badiiy adabiyot bilan jurnalistikaning birlashuvidan shakllangan badiiy ijodkorlikning o‘ziga xos ko‘rinishi, shuningdek, uning badiiy to‘qimaga emas, balki muallifning «dunyo va odam» tushunchasi prizmasi orqali ifodalanadigan hodisalar, voqealar, qahramonlarning hujjatli aniq tasvirlanishiga asoslangan adabiy toifa ekanligi dalillangan;
hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan badiiy nasrning aniqlik, ishonchlilik, dalillanganlik, haqiqiy personajlarning mavjudligi, hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, voqea sodir bo‘lgan vaqtdan uzoqlashish, muallifning alohida ahamiyatli roli, badiiy voqelik sifatida «sodda usulda yozilgan xatlar»ning badiiy mazmunga sezilarsiz holda singdirilishi kabi xususiyatlari isbotlangan;
o‘zbek, rus va belarus adabiyotida hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan adabiyotning paydo bo‘lishi, shakllanishi, faollanishi va gullab-yashnashi kabi tarixiy va madaniy davriyligi hamda bugungi kunda u umumiy aktuallashish va gullab-yashnash bosqichini boshidan kechirayotganligi asoslangan;
mualliflik tasvirining badiiy asarda ikki va undan ortiq ko‘rinishdagi obrazda berilishini  o‘zida aks ettiruvchi rus, belarus va o‘zbek adabiyotida hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan asarlardagi voqealar ishtirokchisi, guvoh, yilnomachi-memuarist, tadqiqotchi olim, muallif-publisist, muallif-suhbatdosh, tajribali ustoz kabi muallif obrazining tipologiyasi dallilangan;
A.Soljenisinning «Arxipelag GULAG», S.Aleksievichning «U voyni ne jenskoe liso», N.Karimovning «Cho‘lpon» asarlaridagi hujjatli tasvir va muallif «men»i vazifalarining biridan ikkinchisiga ko‘chish holatlari hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan zamonaviy asarlardagi matnni yaratishda yetakchi tamoyillar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. rus, belarus va o‘zbek non-fikshn asarlarining tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«non-fikshn», «hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan adabiyot» tushunchalari badiiy adabiyot bilan jurnalistikaning birlashuvidan shakllangan badiiy ijodkorlikning o‘ziga xos ko‘rinishi, shuningdek, uning badiiy to‘qimaga emas, balki muallifning «dunyo va odam» tushunchasi prizmasi orqali ifodalanadigan hodisalar, voqealar, qahramonlarning hujjatli aniq tasvirlanishiga asoslangan adabiy toifa ekanligiga oid xulosalaridan Termiz davlat universitetida fan dasturlari, ishchi dasturlar va o‘quv-uslubiy majmualarni shakllantirish, respublika oliy ta’lim muassasalaridagi adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi va amaliyoti, Evropa va o‘zbek tarjimashunosligi ilmiy taraqqiyoti an’analari hamda tarixi bilan talaba va tadqiqotchilarni tanishtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4209-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba va tadqiqotchilarining non-fikshnning zamonaviy adabiyotshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan badiiy nasrning aniqlik, ishonchlilik, dalillanganlik, haqiqiy personajlarning mavjudligi, hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, voqea sodir bo‘lgan vaqtdan uzoqlashish, muallifning alohida ahamiyatli roli, badiiy voqelik sifatida «sodda usulda yozilgan xatlar»ning badiiy mazmunga sezilarsiz holda singdirilishi kabi xususiyatlari oid taklif va xulosalardan 2015-2020 yillarda bajarilgan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4209-son ma’lumotnomasi). Natijada, non-fikshn adabiyoti tahlilida taklif qilingan qiyosiy usul jahon adabiy jarayoni taraqqiyoti prizmasida o‘zbek adabiyotini o‘rganish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek, rus va belarus adabiyotida hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan adabiyotning paydo bo‘lishi, shakllanishi, faollanishi va gullab-yashnashi kabi tarixiy va madaniy davriyligi hamda bugungi kunda u umumiy aktuallashish va gullab-yashnash bosqichini boshidan kechirayotganligi, shuningdek, mualliflik tasvirining badiy asarda ikki va undan ortiq ko‘rinishdagi obrazda berilishini  o‘zida aks ettiruvchi rus, belarus va o‘zbek adabiyotida hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan asarlardagi voqealar ishtirokchisi, guvoh, yilnomachi-memuarist, tadqiqotchi olim, muallif-publisist, muallif-suhbatdosh, tajribali ustoz kabi muallif obrazining tipologiyasi borasidagi xulosalardan Surxondaryo viloyati rus madaniyat markazi tomonidan o‘tkazilgan «Znakomimsya s novimi janrami sovremennoy literaturi» tadbirini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2021 yil 27 fevraldagi 02-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy adabiyotshunoslikda «non-fikshn adabiyoti», «hujjatli tasvir», «ma’rifiy roman», «hujjatga asoslangan asar», «ovozlar romani», «badiiy tadqiqotlar tajribasi» tushunchalari asoslangan;
A.Soljenisinning «Arxipelag GULAG», S.Aleksievichning «U voyni ne jenskoe liso», N.Karimovning «Cho‘lpon» asarlaridagi hujjatli tasvir va muallif «men»i vazifalarining biridan ikkinchisiga ko‘chish holatlari hujjatli kelib chiqishi ustun bo‘lgan zamonaviy asarlardagi matnni yaratishda yetakchi tamoyillar ekanligiga oid xulosalardan Surxondaryo viloyati «Ishonch» telekanalida 2019 yil 16 noyabrda efirga uzatilgan «Rol` nauki v vospitanii molodyoji»  dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati «Ishonch» telekaradiokanalining 2021 yil 9 sentyabrdagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar A.Soljenisin, S.Aleksievich va N.Karimov asarlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar, bu esa o‘z navbatida tomoshabinlarda estetik didni vujudga kelishi va rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish