Abdurazakova Shaxida Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chet til dunyo manzarasini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy lakunalarning didaktik potensiali (filologik OTM 1-2 kurslari)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1322.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Gul`nara Turdaxunovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rasulova Maxfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chet tili dunyo manzarasini shakllantirishda lakunlashgan xarakterdagi ijtimoiy-madaniy birliklarini potensialini asoslash va ularni ingliz tili fakul`teti 1-2- kurslarida o‘qitishni maxsus metodikasini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus, o‘zbek tillaridagi ijtimoiy-madaniy, lakunalarning dunyo manzarasidagi verbal-semantik va kognitiv tezauruslaridagi tarkibiy elementlari va ijtimoiy-madaniy birliklarning o‘rni aniqlangan;
til va xulq-atvor darajasidagi ijtimoiy-madaniy lakunalar hamda 1 2 kurs talabalarida chet til dunyo manzarasini shakllantirishda og‘zaki, yozma nutqda uchraydigan ijtimoiy madaniy bo‘shliqlarni bartaraf etish usullari aniqlangan;
OTMlar ingliz tili fakul`tetlari 1-2 kurs talabalari ingliz tili darslarida chet til dunyo manzarasini shakllantirish uchun ijtimoiy-madaniy lakunalarni o‘qitish usuli mazmunan va texnologik jihatdan takomillashtirilgan;
OTMlar ingliz tili fakul`tetlari 1-2 kurslari ingliz tili darslarida ijtimoiy-madaniy lakunalarni o‘rganish asosida chet til dunyo manzarasini shakllantirish va ularning didaktik vositalarini qo‘llash usullarining “Ijtimoiy-madaniy lakunalarni o‘rganish” nomli modeli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chet til dunyo manzarasini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy lakunalarning didaktik potensiali yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ijtimoiy-madaniy lakunalarning dunyo manzarasining verbal-semantik va kognitiv tezaurusi, chet til dunyo manzarasini shakllantirishdagi o‘rnini aniqlashga oid dissertatsiya ilmiy xulosa va tavsiyalaridan Alisher Navoi nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bakalavriat talabalari uchun ingliz tili bo‘yicha “Grammar” va “Speaking” o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga mo‘ljallangan FZ 201908172 raqamli «O‘zbek tilini o‘qitish korpusini yaratish» amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 02-15/750-son ma’lumotnomasi). Natijada kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlarini shakllantirish uchun ingliz tilidagi o‘quv materiallari sifatini oshirishga erishilgan;
til va xulq-atvor darajasidagi ijtimoiy-madaniy lakunalar hamda 1 2 kurs talabalarida chet til dunyo manzarasini shakllantirishda ularni bartaraf etish usullariga oid nazariy-amaliy xulosalardan Guliston davlat universitetida Arkanzas Spring Xalqaro Til Markazi (Arkansas Spring International Language Centre) bilan birgalikda amalga oshirilgan «Ingliz tili salohiyatini oshirish loyihasi» (“English language capacity building project”) doirasida foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2021 yil 25 fevraldagi 01-30-13/22-son ma’lumotnomasi). Natijada chet til o‘qituvchilari o‘rtasida kommunikativ va uslubiy kompetensiyalarni egallash darajasi oshishiga erishilgan.
1-2-kurs talabalari chet til dunyo manzarasini shakllantirish sharoitida ijtimoiy-madaniy lakunalarni o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan "Ijtimoiy-madaniy lakunalarni o‘rganish" modeli bo‘yicha ko‘rsatma va materiallar (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetining 02-07-3965/04 raqamli ma’lumotnomasi) dan foydalanilgan. Natijada filologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari 1- 2 kurslarida ingliz tilini o‘qitish vositalari takomillashtirilgan va 1 -2 kurs talabalarining ingliz tilini bilish darajasi oshishiga erishilgan.