Abdukadirova Nasiba Alimjanovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tili darslarida mediasavodxonlikni shakllantirish (V2)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1319.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Gul`nara Turdaxunovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ashurov Shaxobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida savodxonlikni shakllantirishning integratsiyalashgan metodikasini asoslash hamda ishlab chiqish va bu  orqali ta’limning boshlang‘ich kurslarida nofilologik OTMlarda mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik fakul`tetlar talabalariga chet tilini o‘qitishning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nofilologik OTM boshlang‘ich kurslari mediasavodxonligining tarkibiy-mazmuniy komponentlari  qadriyat-semantik komponentlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
chet tili darslarida talabalarning mediasavodxonligini shakllantirish uchun «media haqida  media matnlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa  muloqot jarayonida mediama’lumotlardan foydalanish» formulasi asosida «Mediasavodxonlikni shakllantirish» nomli uchkomponentli modeli ishlab chiqilgan;
ingliz tili darslarida mediasavodxonlikni o‘rgatishning samarali modellari, yondashuvlari, tamoyillari, usullari va metodlari, mediamatnlarning janr o‘ziga xosligi va media bilan ishlash jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda asoslangan;
xorijiy tillarni maxsus maqsadlar uchun o‘qitish metodikasi (ESP) axborot makonini kengaytirish va media texnologiyalarini rivojlantirishning autentivlik, fikrlarni shakllantirish va fikr almashish, faoliyatni faollashtirish, ta’sir funksiyasigi e’tibor qaratish, tanqidiy fikrni rivojlantirish, fanlararo aloqa kabi tamoyillariga muvofiq takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik o‘quv yurtlarining 1-2 kurs talabalari mediasavodxonligini shakllantirish va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy, uslubiy va amaliy takliflar asosida:
dissertatsiya ilmiy xulosa va tavsiyalaridan Alisher Navoi nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bakalavriat talabalari uchun ingliz tili bo‘yicha “Grammar” va “Speaking” o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga mo‘ljallangan FZ 201908172 raqamli «O‘zbek tilini o‘qitish korpusini yaratish» amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining  2021 yil 05 fevraldagi 02-15/749-son ma’lumotnomasi). Natijada kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlarini shakllantirish uchun ingliz tilidagi o‘quv materiallari sifatini oshirishga erishilgan;
chet tili darslarida mediasavodxonlikni «media haqida  media matnlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa  muloqot jarayonida mediama’lumotlardan foydalanish» formulasi asosida shakllantirishning samarali modeliga oid dissertatsiya materiallaridan Guliston davlat universitetida Arkanzas Spring Xalqaro Til Markazi (Arkansas Spring International Language Centre) bilan birgalikda amalga oshirilgan «Ingliz tili salohiyatini oshirish loyihasi» (Small grand “English language capacity building project”) doirasida foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2021 yil 26 fevraldagi 01-30-13/21-son ma’lumotnomasi). Natijada chet til o‘qituvchilari o‘rtasida kommunikativ va uslubiy kompetensiyalarni egallash darajasi oshishiga erishilgan;
     ingliz tili darslarida mediasavodxonlikni o‘rgatishning samarali modellari, yondashuvlari, tamoyillari, usullari va metodlari mediamatnlarning janr o‘ziga xosligi va media bilan ishlash jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarga oid xulosa va tavsiyalardan ingliz tili darslarida media savodxonlikni shakllantirishga mo‘ljallangan "Interaction with mediatexts and technologies" modulini tadbiq qilishda,  mediamanlarning janri, o‘ziga xosligi va OAV bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda  "OAV orqali ingliz tilini o‘qitish" o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini shakllantirishda  foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2021 yil 30 sentyabrdagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materiallari yangilanib, 1-2-kurs nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining mediasavodxonligi shakllantirish va ingliz tilini bilish sifati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish