Qosimova Feruza Xursanali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-ingliz tibbiy terminlari va ularning lingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil745.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Solijonov Sobirjon Otaxonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi tibbiy terminlarning paradigmatik, semantik hamda lingvokul`turologik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimga mansub tillardagi tibbiyotga oid jarroh (surgeon), surtma (ointment), qizamiq (measles), yallig‘lanish (inflammation) kabi lug‘aviy birliklarning makroparadigma, mezoparadigma, mikroparadigma hamda supermikroparadigmalarga ajratilish asoslari aniqlangan;
yig‘ilgan 5000 ga yaqin tibbiy terminlar o‘rtasidagi sinonimik, antonimik, giper-giponimik, partonimik, graduonimik munosabatlar qiyosiy-tipologik asosda ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi tibbiyotga oid shaxs, narsa, jarayon, holat ifodalovchi bemor (patient), dori (medicine), davolash (treatment), isitma (fever) kabi lisoniy birliklarning leksik-semantik xususiyatlari ochib berilib, ularning shakllanish asoslari etimologik jihatdan dalillangan;
o‘zbek va ingliz xalq tabobatiga oid «kasallik», «davolovchi shaxs», «homiladorlik» semali birliklarning lingvokul`turologik xususiyatlari milliy-madaniy farqlar nuqtai nazaridan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek-ingliz tibbiy terminlari va ularning lingvokul`turologik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi tibbiy terminlarning paradigmatik va leksik-semantik xususiyatlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 4 oktyabrdagi 272/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, qoraqalpoq tilidagi tibbiyotga oid leksik birliklarning o‘ziga xos jihatlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etdi;
tibbiy terminlar o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlarga oid xulosalardan 2018-2019 yillarda olib borilgan Rur universitetining (Germaniya) «Cultural heritage of Uzbekistan in the world’s collections (O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida)» amaliy loyihasida foydalanilgan (Germaniya Rur universitetining 2020 yil 16 noyabrdagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirildi va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitildi;
o‘zbek va ingliz xalq tabobatidagi «kasallik», «davolovchi shaxs», «homiladorlik» semali birliklarning lingvokul`turologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida bajarilgan «O‘zbekiston madaniy me’rosi jahon to‘plamlarida» (2018-2019 yillar) nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining 2021 yil 21 avgustdagi 263/21-FAW-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek milliy-madaniy ma’lumotlari bilan boyishiga erishilgan;
O‘zbek va ingliz xalqlarining tibbiyot sohasidagi qarashlari, tibbiy terminologik tizimlaridagi ayrim hodisalar, ikki xalqning kasallik, davolovchi shaxslar borasidagi milliy dunyoqarashi haqidagi xulosalardan «O’zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 04-25/1440-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ma’naviy saviyasi oshgan.