Maxsumova Sadoqat Qosimjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tahririyatlar boshqaruvining shakllanishi va zamonaviy tendensiyalari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1474.
Ilmiy rahbar: Toshpo‘latova Nazira Qurbonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yakutxon, filologiya fanlari doktori; Doniyorov Salim filologiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ommaviy axborot vositalari va jurnalistik ishlarning raqamlashuvi natijasida tahririyatlar menejmenti hamda ijodiy jarayonlar boshqaruvi konsepsiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishda media boshqaruvi hamda poligrafik ko‘rinishdagi formatdan raqamli formatga o‘tish jarayonida tahririyatlar boshqaruvi hal qiluvchi rol` o‘ynashi aniqlangan;
media menejmentning an’anaviy boshqaruvdan farq qilishi, tahririyat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tashkiliy, tuzilmaviy, iqtisodiy boshqaruv bilan bir qatorda ijodiy jarayonni boshqarishga alohida yondashuv zarurligi, unda bosh muharrir xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotining tashkiliy-psixologik jihatlariga e’tibor qaratishi muhimligi isbotlangan;
ommaviy axborot vositalarini boshqarish konsepsiyalari bosma nashrlar, telekanallar, internet saytlari yuzasidan bir-biridan farq qilishi dalillanib, tahririyatlar  nizomlarini takomillashtirish zarurligi aniqlangan;
tahririyatlarda ish taqsimoti va bosma nashrlar targ‘ibotini amalga oshirish bo‘yicha ijodiy konsepsiya ishlab chiqilib, unda mediakonvergensiya sharoitida OAV boshqaruvi va axborot samaradorligini oshirish uchun tahririyat  xodimlarining ijodiy imkoniyatlarini hisobga olish va  yangicha media kontent yaratish borasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tahririyatlar boshqaruvining shakllanishi va zamonaviy tendensiyalarini tadqiq qilish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
raqamlashayotgan media sharoitida tahririyatlar faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflardan mamlakatni modernizatsiya qilishda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, media makonda xolis axborot manbalarini ko‘paytirish, jumladan, tahririyatlarning bir formatdan boshqa formatga o‘tish jarayonini samarali tashkil etishda foydalanilgan (“Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari tahririyati” davlat unitar korxonasining 2021 yil 3 iyundagi 237-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot tahririyatda jurnalist faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va zamonaviy shaklda samarali ish yuritishda yordam bergan;
tahririyatlar auditoriyasini kengaytirishda internet platformalaridan unumli foydalanish, bunda xodimlar bilim va ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha takliflardan mediakonvergensiya sharoitida bosma nashrlarning internet tarmog‘ida faoliyat yuritishi, turli ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlayotganda muhim jihatlar, mavjud ishchi kuchidan foydalanish, gazeta rasmiy saytiga maqola tayyorlaydigan jurnalistlarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishda foydalanilgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” birlashgan tahririyati 2021 yil 3 iyundagi 52-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot yuz.uz sayti uchun kontent tayyorlash, tahririyat jamoasi ishini samarali yo‘lga qo‘yishda yordam bergan;
tahririyat ishini targ‘ib etishda ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston media makonidagi o‘zgarishlarga moslashayotgan tahririyatlar ishini yo‘lga qo‘yishda, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochish va yuritishda foydalanilgan (“Mahalla” gazetasi va “Mahalla ko‘zgusi” jurnalining 2021 yil 4 iyundagi 58–son ma’lumotnomasi). Natijada tahririyatning ijtimoiy tarmoqlarda “xolis_nazar” nomidagi sahifalari ish boshladi, ularda kontent yaratish, auditoriya bilan ishlashda muhim manba sifatida yordam bergan;
tahririyatlarda ijodiy boshqaruvni samarali tashkil etish bo‘yicha takliflardan teleko‘rsatuvlarni tayyorlash, ijodiy jamoa bilan ishlash, ularning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 3 iyundagi 01-13-946–son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot “Munosabat”, “Assalom O‘zbekiston” kabi teleloyihalarda ijodiy muhitni samarali tashkil etishda yordam bergan;
tahririyatlar ijodiy boshqaruvida rahbar va xodim munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflardan tahririyatda bosh muharrirning ishlash tizimi, jurnalist bilan psixologik yaqinlik va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijod uchun qulay mehnat sharoiti yaratish masalalariga e’tibor qaratishda foydalanilgan (“Daryo.uz” tahririyatining 2021 yil 4 iyundagi 04/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, internet nashrining mavjud sahifalarini boyitish,  jurnalistlarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, tahririyat boshqaruvini tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish