Mamatova Xilola Muxiddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarga kreativ yondashuv asosida ingliz tili o‘qitishning metodikasini takomillashtirish (mustaqil ta’lim misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4.PhD/Ped624.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor v.b, Yuzlikaev Farid Rafaelovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning mustaqil ta’limi jarayonida kreativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili o‘qitishda talabalarning kreativ fikrlash komponentlari (motivatsion, kognitiv, amaliy, refleksiv)ni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy topshiriqlar (assesment, open space, blogs) vositasida uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari (ravonlik, nostandartlik, moslashuvchanlik, yangi g‘oyalar yaratish) talabalarning kreativ faoliyati darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli)ni tadqiqot mazmuniga mos holda modifikatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijodiy fikrlashini takomillashtirish jarayoni modeli mustaqil ta’limda og‘zaki (speaking) va yozma (writing) nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy kurs topshiriqlari, matn yaratishning to‘rt bosqichli tizimi (MYaTB-4) vositasida takomillashtirilgan;
masofaviy ta’lim orqali ingliz tilini o‘qitishda talabalar kreativ kompetentligini rivojlantirishning evristik usullari (tandem, bahs-munozara) muqobillik va hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga kreativ yondashuv asosida ingliz tili o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
ingliz tili o‘qitishda talabalarning kraetiv fikrlash komponentlari (motivatsion, kognitiv, amaliy, refleksiv)ni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini ijodiy topshiriqlar (assesment, open space, blogs) vositasida uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish, baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari (ravonlik, nostandartlik, moslashuvchanlik, yangi g‘oyalar yaratish)ni talabalarning kreativ faoliyati darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli va kreativ)ga va tadqiqot mazmuniga mos holda modifikatsiyalab amalda joriy etish, kreativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijodiy fikrlashini takomillashtirish jarayoni modelini mustaqil ta’limda og‘zaki (speaking) va yozma (writing) nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy kurs topshiriqlari, matn yaratishning to‘rt bosqichli tizimi (MYaTB-4) vositasida takomillashtirishga oid taklif va tavsilar “110000-Pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standarti (“O‘zstandart” agentligi tomonidan 2015 yil
22 iyulda tasdiqlanib, 361998-son raqam bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 martdagi 89-03-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qitishda talabalarning kreativlik fikrlashini rivojlantirishning didaktik imoniyatlari takomillashtirilgan;
talabalapning kreativ qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari (“Dizayn-fikrlash”, “SCAMRER, “Fikrlashning olti shlyapasi”), ingliz tilini o‘qitishda mustaqil ta’limning amaliy metodlarini qo‘llashga oid tavsiyalardan Guliston davlat universiteti, Qo‘qon, Nukus davlat pedagogika institutlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishida, shunigngdek “Yosh tarjimonlar” to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 martdagi 89-03-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qitish metodlarining samaradorligi, hayotiyligi va ilmiy asoslari mustahkamlanib, talabalarning kreativ faoliyati rivojlangan.