Mamatova Muborak Nurpo‘latovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quturish kasalligining epizootologiyasi va donador antirabik vaksinani takomillashtirish», 16.00.01–Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/V8.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Xayit Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Xabibullo Ablokulovich, veterinariya fanlari doktori; Vafakulov Sadillo Xakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ryasnyanskiy Igor` Viktorovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda turlihayvonlar orasida quturish kasalligi tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, unga qarshi kurashish va go‘shtxo‘r hayvonlar uchun peroral donador antirabik vaksinani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada quturish kasalligi bo‘yicha nosog‘lom hududlardagi epizootik jarayonlarning asosiy rezervuari aniqlangan;
quturish kasalligi epizootologiyasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik, uy va yovvoyi hayvonlar orasida ushbu kasallikning 107 barobar kamayishiga erishilgan;
barcha turdagi hayvonlar orasida quturish kasalligi eng ko‘p itlarda (75,19%), qoramollarda (15,25%) va yovvoyi hayvonlarda (3,30%) uchrashi aniqlangan;
yovvoyi go‘shtxo‘r hayvonlar, it va mushuklarni og‘iz orqali emlaydigan innovatsion texnologiyani joriy etish asosida 100% samaradorlikka ega bo‘lgan donador antirabik vaksina takomillashtirilgan;
yovvoyi go‘shtxo‘r hayvonlar, it va mushuklar uchun yaratilgan donador antirabik vaksinani takomillashtirish evaziga laboratoriya sharoitida itlarda tajribalarda immunitet davomiyligi 1 yil, yaroqlilik muddati 6 oy, optimal dozasi 1 dona hamda uning reaktogen emasligi isbotlangan;
ushbu vaksinani Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida qo‘llanib, uning profilaktik samaradorligi aniqlangan;
«Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashish tadbirlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tizim» ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Quturish kasalligining epizootologiyasi va donador antirabik vaksinasini takomillashtirish asosida:
yovvoyi hayvonlar va itlarni og‘iz orqali emlash uchun takomillashtirilgan donador antirabik vaksinasiga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAR 04610, 2010 yil). Ushbu donador antirabik vaksinadan yovvoyi hayvonlar va itlarni og‘iz orqali emlash jarayonida foydalanish imkonini bergan;
hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tizim Davlat veterinariya qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 12 iyuldagi 01/13-50-son ma’lumotnomasi.) Bu tizim respublika hududlarida quturish kasalligini tubdan yo‘qotishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
fizikaviy xususiyatlari, reaktogenligi, immunogenligini va immunitet davomiyligi takomillashtirilgan donador antirabik vaksina ishlab chiqarishga joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 25 oktyabrdagi 03/13-346-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan donador antirabik vaksinani qo‘llash natijasida iqtisodiy samaradorlik bir bosh it hisobiga o‘rtacha 535,00 so‘mni tashkil etgan;
«DORAVAK» vaksinani tayyorlashning texnik shartlari va nazorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma Davlat veterinariya qo‘mitasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 12 iyuldagi 01/13-50-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika hududlarida quturish kasalligini tubdan yo‘qotishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar samarasining oshishiga xizmat qilgan.