Xalibaeva Guzal Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarida davolash taktikasini tanlashdagi kompleks nur tashxisi» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib361.
Ilmiy rahbar: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tilyakov Akbar Burievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nur tasvirlashning zamonaviy usullari kompleksini qo‘llash orqali chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarida nur tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chanoq suyaklari sinishlari, ayniqsa dorsal kompleksning nostabil shikastlanishlari turlarida multispiral kompyuter tomografiyasi yordamida suyakning bo‘lakli siljishlari va yonbosh-dumg‘aza ham daqov simfizi uzilishlarini aniq vizualizatsiyasiga erishilgan xolda chanoqning xirurgik stabilizatsiyasi asoslangan;
chanoq-son bo‘g‘imlarida subxondral sinishlar va paylar uzilishlarida qov simfizi shikastlanishlarining tog‘ay diskidagi giperinstensiv maydonlari, suyak subxondral qismida giperintensiv lokal ezilishlar, yonbosh-dumg‘aza birlashmalarida suyuqlikning borligi kabi belgilar orqali chanoq strukturasi jarohatlarining magnit rezonanas tomografiya semiotikasi isbotlangan;
mul`tispiral kompyuter tomografiya usulini qo‘llash asosida, chanoq stabil shikastlanishlarida lokal qon quyilishlar, rotatsion nostabil va vertikal stabil shikastlanishlarda  «molyar tish» simptomi yordamida qorin oldi qon quyilishlari, vertikal nostabil jaroxatlarida chanoq bo‘shlig‘i va undan yuqori qismlarda qorin oldi va qorin orti qon quyilishlari kabi   chanoq jaroxatlarining turlariga nisbatan qorin orti qon quyilishlari  nurli semiotikasi asoslangan;
chanoq a’zolari travmatik jaroxatlarida mul`tispiral kompyuter tomografik angiografiya va digital subtraksion angiografiya yordamida 3-4 tartibdagi umumiy yonbosh arteriyalari darajasida stop-kontrast va psevdoanevrizma kabi qo‘shimcha angiografik belgilar aniqlangan xamda ular asosida davomli qon quyilishlarini tuxtatish va chanok ichi tomirlari embolizatsiyasini o‘tkazish imkoniyatini asoslashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarida davolash taktikasini tanlashdagi kompleks nur tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarini takomillashtirish tashxislashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarining nur tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-r/320-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar chanoq jarohati mexanizmlari va ba’zi klinik jihatlarini hamda chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarini turli nurli tashxislash usullarini qo‘llash orqali nurli belgilarini yaxshilashga imkon bergan;
chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlarida davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand va Andijon viloyatlari filiallari klinik  amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 iyul 8n-3/140-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar chanoq a’zolarining travmatik shikastlanishlari va ularning asoratlari bo‘lgan bemorlarda rentgenografiya, kompyuter tomografiya va ul`tratovush tekshirish usullarini kompleks qo‘llash orqali jarrohatdan keyingi davr va reabilitatsiya bosqichlarida nurli tashxislash sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish