Tuxtabaeva Gulchexra Maxamadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipertenziv  sindromli homiladorlarda  m-HEALTN  texnologiyasi markerlarini ishlab chiqish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib820.
Ilmiy rahbar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Urinbaeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori; Karimova Nilufar Nabidjonovna, tibbiyot fanlari doktori. dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertenziv sindromli homilador ayollarda mHealth  texnologiyasi markerlarini ishlab chiqish, gipertenziv sindromli homiladorlikni olib borish taktikasini takomillashtirish orqali akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipertenziv sindromli homiladorlikda ambulator bosqichida ona va homila gemodinamikasi markerlari (KTG, O‘rtAB, VenO) kompleksi ko‘rsatkichlari xolatiga bog‘liq homiladorlikni xavfsiz olib borish aniqlangan;
ilk bor qon bosimini sutka davomida monitoringi (QBSM)  asosida aniqlangan sutkalik gemodinamik profilllar O‘rtAB, nayt-piker va non-dipper ko‘rsatkichlari gipertenziya kuchayishi, muddatdan oldin tug‘ruq asoratlari rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor gipertenziv sindromli homiladorlarni kardiotokogramma (Fisher mezonlari), bachadon-yo‘ldosh-homila  kompleksi dopplerometriyasi va QBSM ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari mudatdan avval tug‘dirish ratsional taktikasini tanlash imkonini berishi aniqlangan;
gipertenziv sindromli homiladorlikda patologik kardiotokografiya ko‘rinishi va Fisher mezoni ko‘rsatkichida (<5) ball paydo bo‘lishi homila gemodinamikasidagi xavfli o‘zgarishlarga proporsional  bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipertenziv sindromli homiladorlarda mHealth texnologiyasi markerlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
m-Health texnologiya markerlarini ishlab chiqishda gipertenziv sindromli homiladorlarda arterial bosim bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqiqlgan «m-Health texnologiya markerlarini ishlab chiqishda gipertenziv sindromli homiladorlarda arterial bosim sutkalik monitoringini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 8n-d/64-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda xomiladorlik gipertenziv sindromli xavfi rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga  xizmat qilgan;
gipertenziv sindromli homiladorlarda mHealth texnologiyasi markerlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy tibbiyotda qo‘llanilib, xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Namangan viloyati perinatal markazining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Natijada ayollarda xomiladorlik davrida gipertenziv sindromli xavfi paydo bo‘lishini  oldini olishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish