Saydullaev Zayniddin Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir destruktiv xolesistit bilan bemorlarning xirurgik davosini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1450.
Ilmiy rahbar: Davlatov Salim Sulaymonovich PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich tibbiyot fanlari doktori; Maxmudov Ulugbek Marufdjanovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir destruktiv xolesistit bilan bemorlarning davolash natijalarini xirurgik taktikani takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stress gormonlarning miqdori dinamikada, operatsiyadan oldin, asosiy jarrohlik aralashuvi vaqtida va tanlangan jarrohlik usuliga bog‘liq ravishda operatsiyadan keyingi 3 – sutkada aniqlangan;
organizmning individual o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkir destruktiv xolesistit bilan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlash uchun dastur ishlab chiqilgan;
minilaparotom usulda xolesistektomiyani xavfsiz bajarish, operatsiya vaqtida qon ketish va o‘t yo‘llari yatrogen shikastlanishlari xavfini kamaytirish imkonini beruvchi jarrohlik asbobi – «jarohat kengaytirgich» orqali takomillashtirilgan;
xolesistektomiya o‘tkazgan bemorlar hayot sifatini baholash uchun qo‘llaniladigan spesifik shkala operatsiyadan keyingi davr kechishiga va postxolesistektomik sindrom yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir destruktiv xolesistit bilan bemorlarni jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir destruktiv xolesistit xirurgiya bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir destruktiv xolesistit xirurgiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/984-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma PXESni oldini olishga kompleks yondashuv orqali o‘tkir destruktiv toshli xolesistitni jarroxlik yo‘li bilan davolash imkonini bergan;
o‘tkir destruktiv xolesistit bilan bemorlarni yuritish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir destruktiv xolesistit bilan bemorlarni yuritish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/996-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operatsiya yo‘lini taktikasini tanlashni maqbullashtirish imkonini bergan;
o‘tkir destruktiv toshli xolesistit bilan bemorlarni tashxislash va jarroxlik yo‘li orqali davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi jarroxlik bo‘limi, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 8n-z/437-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 08-09/19851-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi operatsiyadan keyingi erta asoratlar chastotasini 13,4% dan 1,7% gacha, PXES yuzaga kelish chastotasini 24,0% dan 6,3% gacha pasaytirishi hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish, hamda xolesistektomiya o‘tkazgan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.