Akramova Dilshoda Turdiqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinsonizmda serebral qon tomirlar buzilishining ko‘p omilli tahlili», 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib915.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliqulova Nigora Abduqodirovna, tibbiyot fanlari  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vaskulyar parkinsonizmda serebral qon tomirlar buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish asosida kasallikni  rivojlanishi va jadallashuvi ehtimolini prognozlash hamda davolashni  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parkinson kasalligida kortizol gormoni va al`fa-fetoprotein miqdori o‘zgarishi bilan kognitiv buzilishlar darajasi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
 ilk bor parkinson kasalligi  va vaskulyar parkinsonizmda moddalar almashinuvi jarayonining buzilishlarini  bioimpedansitometriya usuli orqali baholangan;
 ilk bor parkinson kasalligi va vaskulyar parkinsonizmda temporitmal korreksiya usulining samaradorligi baholangan, melatoninning sirkada ritmi hamda kognitiv buzilishlarga ta`siri ilmiy asoslangan;
 parkinson kasalligidan vaskulyar parkinsonizmni farqlovchi elektron dasturiy ta’minot yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parkinsonizmda serebral qon tomirlar buzilishining ko‘p omilli tahlilini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Parkinson kasalligi va vaskulyar parkinsonizmda kuzatiladigan kognitiv buzilishlar va temporitmal korreksiya usulining qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Vaskulyar parkinsonizm va Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarni erta muddatlarda aniqlash va temporitmal korreksiya usulining qo‘llanilishi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 apreldagi 8n–r/312-son ma’lumotnomasi). Natijada  kasallikni erta tashhislash,  samarali davolash muddatini qisqartirish va kognitiv buzilishlar asoratlarining oldini olish imkon bergan;
vaskulyar parkinsonizm va Parkinson kasalligida kognitiv  va uyqu buzilishlar  bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Vaskulyar parkinsonizm va Parkinson kasalligida kognitiv  va uyqu buzilishlarni  korreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 8n–r/612-son ma’lumotnomasi). Natijada  kasallikni erta tashhislash,   uning asoratlari natijasida yuzga keladigan uyquning buzilishi va asoratlarni bartaraf etish natijasida kognitiv buzilishlarni korreksiyalash imkon bergan;
parkinsonizmda serebral qon tomirlar buzilishining ko‘p omilli tahlilini optimallashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi,  Buxoro shahridagi «Qaxramon Raximjon» xususiy klinikasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 oktyabrdagi 8n–r/318-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi parkinsonizm asoratlarini tashhislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish orqali davolash davomiyligini qisqartirish, asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish