Raximov Zokir Toshtemirovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped237.    
Ilmiy maslahatchi: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion metodologik yondashuv asosida kasbiy-pedagogik (ta’limiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish-texnologik, loyihalash-konstruktorlik) faoliyatga tayyorlashning konseptual didaktik tizimiga asoslangan o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va tashkiliy-tuzilmaviy modeli funksional talablari mazmunan modernizatsiyalashtirilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini personallashtirish (individuallashtirish va differensatsiyalashtirish), o‘z-o‘zini aktuallashtirish hamda shaxsiy portfoliosini boyitish asosida o‘quv-bilish kompetentligini rivojlanishining an’anaviy hamda elektron ta’lim resurslari tayyorlash orqali mobil-didaktik va o‘quv-metodik kontenti oliy ta’limning kredit-modul` tizimi talablari asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishda muammoli (problematic), modulli (modular), loyiha (project) ta’lim texnologiyalarining maqsadli loyihalashtirish-modellashtirishga qaratilgan (motivatsion, intellektual, muammoli, amaliy va kreativ yo‘nalganlik) imkoniyatlaridan foydalanilgan holda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarida qo‘llash bo‘yicha tashkiliy metodik tizimi (muammoli vaziyatlarni echishga qaratilgan protsessual-texnologik) komponentlari takomillashtirilgan;
oliy ta’limning kredit-modul` tizimi va  masofaviy ta’limni raqamlashtirish talablariga adekvat holda talabalar o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantiruvchi “pauer seyving” (power saving), “reycher” (recher), “kreator” (creator) innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda “dual kompetent” (dual competent), “intellektual kontrovers” (intellectual controvers), “demonter” (demonter) metodlari ishlab chiqilgan, auditoriya mashg‘ulotlarida hamda mustaqil ta`limini ijodiy faollashtiruvchi omili sifatida o‘zini-o‘zi (kuchli, kuchsiz va muvozantlovchi) rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyasi takomillashtirilgan;  
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini motivatsion, kognitiv, faoliyatli, kreativ komponentlari bo‘yicha rivojlanganligining differensiallashgan  darajalarini ob’ektiv  baholovchi diagnostik, prognostik parametr va indikatorlarini natijaviy tahlilining miqdor va sifat aspektlari mazmunan optimallashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
innovatsion yondashuv asosida kasb ta’limi (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) yo‘nalishi talabalarining kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish hamda o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirish jarayonining yaxlitligini, ularning kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli moslashishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar asosida talabalar o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan “pauer seyving”, “reycher”, “kreator” innovatsion ta’lim texnologiyalari, “dual kompetent”, “intellektual kontrovers”, “demonter” metodlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 002084, 002126, 003557, 002087, 002085, 002086-son mualliflik guvohnomalari). Natijada mazkur innovatsion texnologiyalar va metodlar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
“Kasbiy pedagogika” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan, guvohnoma raqami 1186-068), “Kasb ta’limi metodikasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan, guvohnoma raqami 1186-065), “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan, guvohnoma raqami 418-132) darsliklari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlarida 5111000 – Kasb ta’limi (sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 5A111000 – Kasb ta’limi (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda foydalanilgan. Natijada mazkur o‘quv adabiyotlar talabalarning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsini o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashga xizmat qilgan; 
“Kasb ta’limi metodikasi” elektron darsligi, “Kasbiy pedagogika”, “Ta’lim texnologiyalari” elektron darslik mobil ilova dasturlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 13512, 12026, 09570-son mualliflik guvohnomalari). Natijada mazkur mexanizm globallashuv sharoitida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali amalga oshirish va mustaqil ta’lim natijalarini ob’ektiv baholashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish