Sadikova Firuza Maxmudjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning mustaqil-ijodiy faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish (professional ta’lim soha yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2643.   
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,  DSs.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ijodiy faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishning loyihalash, tadqiqotchilik, konstruksiyalash bosqichlarini belgilash hamda o‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning rolini asoslash natijasida kasbiy fanlar bo‘yicha mustaqil ta’limni amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari va talabalarni mustaqil ta’limga jalb etish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini takomillashtirish modelining strukturaviy tuzilmasi kompetensiyaviy yondashuv talablari hamda mustaqil ta’lim olishdan asosiy maqsadlar (yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish, bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish)ni o‘zaro integratsiyalash asosida mazmunan takomillashtirilgan. 
talabalarning professional sohalari bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni shakllantirishda mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan mustaqil ish yo‘riqnomalari  hamda o‘quv-didaktik ta’minoti, fanlar bo‘yicha axborotlar bazasi o‘qitishning interfaol texnologiyalari (on-line muloqot, taqdimot, loyiha, “Sindikat”, Project Method, Case Study)ni qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan.  
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni mutaxassislikka xos ijodiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari (tadqiqotchilik, o‘z faoliyatini o‘zi boshqarish va rivojlantirish) hamda talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarining ijodiy faoliyatni tashkil etishning loyihalash, kreativlik, tadqiqotchilik, konstruktsiyalash bosqichlarini belgilash hamda  o‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning rolini oshirishga doir  tavsiyalardan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan  (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 11 dekabrdagi 02-2060-2065-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida mustaqil ta’lim olish va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati sifatiga o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi tarmoqli o‘zaro aloqa samaradorligi va hamda mustaqil ta’lim olishda bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish, bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish va mustaqil ta’limni nazorat qilishni tartibga solishga qaratilgan ishlanmalar “Pedagogika. Psixologiya”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kasbiy pedagogika” va “Ta’lim texnologiyalari” fanlaridan mustaqil ish yo‘riqnomalari hamda “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining mustaqil ishlari samaradorligini oshirish” metodik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 2021 yil 6 iyundagi 81-09-13-1276-son dalolatnomasi). Mazkur tavsiyalar “Pedagogika. Psixologiya”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kasbiy pedagogika”  va “Ta’lim texnologiyalari” fanlaridan mustaqil ishlarni tashkil etish  samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning professional sohalari bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishini ta’minlashda mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil  etishga qaratilgan axborotlar bazasi, o‘qitishning “on-line muloqot” “taqdimot”, “loyiha”, “Sindikat”, “Project Method”, “Case Study” kabi interfaol texnologiyalarini qo‘llash orqali «Tarbiyaviy ish metodikasi» o‘quv-didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 2021 yil 6 iyundagi 81-09-13-1276-son dalolatnomasi). Mazkur o‘quv-didaktik ta’minot axborot muhitida mustaqil ta’limni tashkil etishning “on-line muloqot”, “taqdimot”, “loyiha”, “Sindikat”, “Project Method”, “Case Study” kabi shakllarini qo‘llash orqali talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish