Mustafoev Golib Sultonmurodovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt913.
Ilmiy rahbar: Sultonov Shodiyor Abduhalilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Ilxomjon Yuldashevich Umarov, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Bahodirxon Shahriyorovich Safarov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini oshirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy va iqtisodiy omillar ta’siri, xizmatlarning rivojlanish bosqichlari va tarkibini e’tiborga olgan holda “Raqamli xizmatlar” va “Xizmat ko‘rsatish” sohasi tushunchalari takomillashtirilgan;
qishloq joylarda aholiga kunlik ish bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “Mehnat markazi”ni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini tashkil etish taklif etilgan;
qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasida “professionallik”, “ijodkorlik”, “tezkorlik”, “shijoatlilik”, “jismoniy qobiliyat”, “chaqqonlik”, “innovatorlik” kabi omilarining aholi bandligini ta’minlashdagi mehnat salohiyatini oshirishning iqtisodiy ko‘rsatgichlariga ta’siri asoslanilgan;
qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish va aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy va iqtisodiy omillar ta’siri, xizmatlarning rivojlanish bosqichlari va tarkibini e’tiborga olgan holda “Raqamli xizmatlar” va “Xizmat ko‘rsatish” takomillashtirilgan tushunchalari “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i, 359-238 raqamli guvohnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi raqamli xizmatlar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish shakllarini ilmiy asoslash, amaliyotga tatbiq etish orqali xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratgan;
qishloq joylarda aholiga kunlik ish bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “Mehnat markazi”ni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01/00-04/07-108 – son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish respublikamizda ish izlab, daromad topish istagida bo‘lganlarni kunlik ish bilan ta’minlaydi va daromad topish imkonini bergan;
qishloq joylarda aholi bandligini ta’minlashda mehnat salohiyatini aniqlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01/00-04/07-108 – son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tavsiyadan foydalanish natijasida faoliyat ko‘rsatayotgan xizmat ko‘rsatish korxonalarida xizmat ko‘rsatish xajmi 1,2 martaga oshgan;
qishloq joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01/00-04/07-108 – son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida qishloq joylarda aholi bandligi 2030 yilda 1939,6 ming kishiga etadi. Ushbu taklif ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan.