Alimuxamedova Feruza Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda Shprengel kasalligini operativ davolashda kurak suyagini rekonstruksiya kilish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1738.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axrarbek Maxmutovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abil`majinov Muxtar Tolegenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurak suyagi shakli deformatsiyasini jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish orqali bolalarda Shprengel kasalligini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kurak suyagi shaklining tana va proksimal qismida to‘rt turdagi patologik o‘zgarishlari xamda ularning ilgak, botiq va aralash deformatsiya shakllarida yoki deformatsiyasiz namoyon bo‘lishi aniqlangan;
Shprengel kasalligida patologiyani jarrohlik yo‘li bilan tuzatish uchun o‘ziga xos taktikani tanlash imkonini beruvchi kurak suyagi shakli deformatsiyasi tasnifi ishlab chiqilgan;
kurak suyagining ilgak shaklidagi deformatsiyasida kasallikning qaytalanishini oldini olishga imkon beradigan lavsan ip bilan transossal` fiksatsiya qilinib, kurak shaklini to‘g‘rilashdan iborat bo‘lgan xirurgik tiklovchi taktika asoslangan;
kurak suyagining botiq va aralash deformatsiyasi ikkita kesishgan sixlar bilan transossal` fiksatsiya usuli ishlab chiqilgan va operatsiyadan keyingi davrda kurak suyagining tekis shaklini saqlashga imkon yaratishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda Shprengel kasalligini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyidagilar joriy etildi:
bolalarda Shprengel kasalligini diagnostikasi, jarrohlik yo‘li bilan davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida “Tug‘ma kurak suyagi yukori turishi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 yanvardagi 8n-d/8-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bolalarda Shprengel kasalligini jarrohlik davolash usullarini tanlash imkoniyatini bergan;
bolalarda Shprengel kasalligini xirurgik davolash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida «Bolalarda Shprengel kasalligini xirurgik davolashda kurak suyagi shaklini rekonstruksiya qilish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/448-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bolalarda Shprengel kasalligini jarrohlik davolash natijalarini yaxshillashga imkon bergan;
kurak shaklidagi patologik o‘zgarishlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha «Bolalarda Shprengel kasalligida tug‘ma kurakning yuqori turishini davolash usuli» foydali modeliga Intellektual mulk agentligi patenti olingan (№FAP 01668, 30.07.2021 yil). Olingan natijalar bolalarda Shprengel kasalligini xirurgik davolash paytida kurak shaklining deformatsiyasini tuzatishga imkon bergan.
Shprengel kasalligiga chalingan bemorlarni tashxislash va davolash taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Respublika bolalar ortopediyasi markazi, Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 08-09/19271-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan diagnostika va davolash usullarini tadbiq etish natijasi Shprengel kasalligida 85,0%gacha yaxshilanish imkonini yaratgan.