Abduvaliev Fatxulla Najmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarning ta’lim migratsiyasi: ijtimoiy sabablari, strukturasi va holati”: 22.00.03 – “Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi” (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/S103.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Kalanov Komil Kulaxmatovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Gaffarova Mavluda Kurbanbaevna, sotsiologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi yoshlarning intellektual migratsiyadagi ishtirokiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va uning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini belgilovchi ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
II.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual migratsiya individ xarakteri va  xulq-atvorini ifodalovchi ijtimoiy hodisa sifatida, tashqi muhitga transformatsiyalashuvchi va u bilan o‘zaro faoliyatga kirishuvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy makonda o‘ziga mos ish joyi yaratish, ijtimoiy mavqega erishish, axborotlashgan jamiyatda faol ishtirok etar ekan, uning faol harakatlantiruvchi intellektual qismini tashkil etuvchi ob’ekt ekanligini isbotlovchi tasavvurlar aniqlangan;
yoshlar intellektual migratsiyasining zamonaviy jamiyatda turli xil ijtimoiy maqom, mavqe va xususiyatlar bilan namoyon bo‘lishi, uning yoshlar, xususan talabalar hayotida harakatlanuvchi, mobil hodisa sifatida ilmiy va sotsiomadaniy integratsiyalashuvdagi konteksda yuzaga kelayotganligi asoslangan;
globallashgan dunyoning tobora axborotlashgan jamiyat bilan integratsiyalashuvi jarayonlarida intellektual migratsiya omillarini sotsiologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lish xususiyatlarini yanada takomillashtirish, ilmiy sohalarda qo‘lga kiritilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash me’zonlari asosida baholangan;
O‘zbekistonda intellektual migratsiyaning egallangan soha va mutaxassisliklar bo‘yicha dinamikasi, uning eksporti va qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodi, fan-texnika va ilg‘or texnologiyalar rivojiga qo‘shayotgan ulushini aniqlashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuv va tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Migratsiya jarayonlari transformatsiyasi va integratsiyalashuv tendensiyalarini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
intellektual migratsiya individ xarakteri va  xulq-atvorini ifodalovchi ijtimoiy hodisa sifatida, tashqi muhitga transformatsiyalashuvchi va u bilan o‘zaro faoliyatga kirishuvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy makonda o‘ziga mos ish joyi yaratish, ijtimoiy mavqega erishish, axborotlashgan jamiyatda faol ishtirok etar ekan, uning faol harakatlantiruvchi intellektual qismini tashkil etuvchi ob’ekt ekanligini isbotlovchi tasavvurlar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan 2019 yilda o‘tkazilgan “Tashqi mehnat migratsiya hodisasining jamiyat hayotiga ta’siri” mavzuidagi sotsiologik tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 21/709-2-son ma’lumotnomasi). Ushbu dissertatsiya ishi ma’lumotlaridan intellektual migratsiyani individ hulq-atvorining ifodalovchi hodisalaridan biri sifatida tashqi muhit bilan faoliyatga kirishish va o‘zga ijtimoiy makonda ish joyi yaratish, o‘zga sotsium yoki jamiyat tuzilmasida yangi ijtimoiy maqomga ega bo‘lish, globallashgan dunyoning bir qismi ekanligi haqidagi ijtimoiy fikrni isbotlash uchun bo‘lgan tasavvurlar va dissertatsiya ishi ma’lumotlaridan intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil qilishda keng foydalanilgan;
yoshlar intellektual migratsiyasining zamonaviy jamiyatda turli xil ijtimoiy maqom, mavqe va xususiyatlar bilan namoyon bo‘lishi, uning yoshlar, xususan talabalar hayotida harakatlanuvchi, mobil hodisa sifatida ilmiy va sotsiomadaniy integratsiyalashuvdagi konteksda yuzaga kelayotganligi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 2/13-22-2633-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijobiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbirlarning metodologik asosini takomillashtirishga xizmat qilgan;
globallashgan dunyoning tobora axborotlashgan jamiyat bilan integratsiyalashuvi jarayonlarida intellektual migratsiya omillarini sotsiologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lish xususiyatlarini yanada takomillashtirish, ilmiy sohalarda qo‘lga kiritilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash me’zonlari bo‘yicha takliflaridan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining “Migratsiya jarayonlarini tartibga solish va bandlikka ko‘maklashishning istiqbollarini belgilashga oid “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 14 oktyabrdagi 01-263-son ma’lumotnomasi). Bu globallashgan dunyoning integratsiyalashuv jarayonida intellektual migratsiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasida soha va kasb motivlariga yo‘naltirish, fan va ta’lim sohasida egallangan bilimlarni amaliyotga qo‘llash me’zonlari asosida baholangan va undan markazning sotsiologik tadqiqot dasturlarini shakllantirishda ilmiy-metodologik asos sifatida foydalanilgan;
O‘zbekistonda intellektual migratsiyaning egallangan soha va mutaxassisliklar bo‘yicha dinamikasi, uning eksporti va qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodi, fan-texnika va ilg‘or texnologiyalar rivojiga qo‘shayotgan ulushini aniqlashga yo‘naltirilgan metodologik yondashuv va tavsiyalar tizimiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Mehnat migratsiyasi masalalari agentligining 2021 yil 15 iyuldagi 01-07/527-son ma’lumotnomasi). Bu jamiyatda intellektual mehnatga nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy hurmat xissini shakllantirish yo‘lida ilmiy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish