Maxkamov Alimjan Xamdamovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston temir yo‘llari misolida xarakat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish”, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2000
Ilmiy rahbar: Valiev Muxammad Sheralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjan Mukarramovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Umidulla Nazrillaevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini tashkil etish tizimidagi tashkiliy-boshqaruv echimlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xavfsizlik miqdorlari qiymatlaridan kelib chiqqan holda, avariyalar darajasini kamaytirish maqsadida harakat xavfsizligi ko‘rsatkichlarini integral baholash usuli ishlab chiqilgan;
sodir bo‘layotgan qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlarni belgilash uchun poezdlar harakati xavfsizligi holatini tahlil qilish asosida xatarlarni aniqlash uslubi asoslangan;
harakat xavfsizligi darajasini barqarorlashtirish uchun teskari aloqalarni qo‘llash orqali temir yo‘l transportini boshqarish tizimi tashkiliy tuzilmasining matematik modeli ishlab chiqilgan;
harakat xavfsizligi buzilishlarini kuzatish usullarini joriy etish orqali samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida transport jarayoni xavfsizligini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harakat xavfsizligi holatini integral baholashning istiqbolli usuli ishlab chiqilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 23 iyundagi 04/2279-21-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu usulni amaliyotga tatbiq etish natijasida harakat xavfsizligi ko‘rsatkichi 19% ga oshgan, oqibatda poezdlar harakati va manevr ishlari xavfsizligini tashkil etish darajasini aniq tahlil etishga muvaffaq bo‘lingan;
harakat xavfsizligi holatining tahlili asosida xatarlarni baholashni aniqlash uslubi joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 23 iyundagi 04/2279-21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada transport qoidabuzarlik turlarining 20% yoki 5 ta asosiy (qoniqarsiz) holatlarida harakat xavfsizligi riskining umumiy ulushi 80% ni tashkil etishi aniqlangan. O‘z navbatida bu lokomotivlar samaradorligi, uchastka va texnik tezliklar hamda boshqa sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan ustuvor choralarni qo‘llash imkonini bergan;
harakat xavfsizligi masalalarida boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmasi tavsiya etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 23 iyundagi 04/2279-21-sonli ma’lumotnomasi). Teskari aloqalarni qo‘llash natijasida markazlashtirilgan resurs ta’minoti usulidan voz kechish,  mintaqaviy temir yo‘l uzellariga javobgarlikni yuklash orqali tashishlar xavfsizligining maqbul darajasiga erishish ta’minlanadi;
transport jarayoni xavfsizligini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 23 iyundagi 04/2279-21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l transporti ekspluatatsiya ishining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beruvchi harakat xavfsizligini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini strategik rivojlantirish hamda boshqaruv qarorlarini tez va samarali qabul qilish imkoni paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish