Sabirova Umida Farxadovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston respublikasida oliy ta’lim sifatining sotsiologik monitoringi” 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari; 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/S12.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchi: Seitov Azamat Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori; Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Kalandar Xodjaevich, akademik, iqtisod fanlari doktori, professor; Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Juraev Qodir Asadovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini yuksaltirish jarayonlarini sotsiologik monitoring qilishning yaxlit mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reyting tizimi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun ishlab chiqilgan indikatorlar, umuman universitetlar faoliyati samaradorligini raqamli texnologiyalar negizida aniqlash tizimi ishlab chiqilgan;
sifatli ma’lumotlarni to‘plash usuli, o‘rganilayotgan ob’ektning yaxlit va to‘liq modeli sifatida milliy sotsiologiya olimlarining narrativ hikoyalarini sintezlash parametrlari, qoidalari va tamoyillari tahlil etilib, narrativ interv`yu metodining sotsiologik amaliyotda qo‘llanilishining ijtimoiy ahamiyati asoslangan;
oliy ta’lim tizimini monitoring qilishning protsessual, bashorat qiluvchi, me’yoriy va raqobatbardoshlik mezonlari, ularning o‘zaro aloqadorligi, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tavsiflovchi parametrlar asoslangan;
o‘quv jarayonini monitoring qilish (vazifalar berilishi va echilish holatini baholash, talabalar davomati va o‘zlashtirishini avtomatik hisobga olish va ularni fanlar bo‘yicha baholanishi va boshqalar) maqsadida universitet o‘quv bloki uchun integratsiyalangan dastur, bevosita ta’lim jarayonini monitoring qilish (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, innovatsion takomillashtirish asosida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda boshqalar)ni modifikatsiyalash tizimi ishlab chiqilgan. “yoshlar ijtimoiy guruhi” tushunchasi, ularning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi mustaqil sub’ekt sifatidagi maqomi va funksional faoliyati aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini yuksaltirish jarayonlarini sotsiologik monitoring qilishning yaxlit mexanizmini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
reyting tizimi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun ishlab chiqilgan indikatorlar, umuman universitetlar faoliyati samaradorligini raqamli texnologiyalar negizida aniqlash tizimi ishlab chiqilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni: 23-moddasi: «ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi» jumlasi bilan, 24-moddasi «ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi» jumlasi bilan, 37-moddasi «Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida: ... ta’lim tashkilotining reytingi» jumlasi bilan, 41-moddasi «ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish; ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish; pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish; o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish; mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash» jumlalari bilan to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining 2021 yil 10 noyabrdagi 34-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning 23, 24, 37, 41 moddalarini to‘ldirish imkonini bergan;
sifatli ma’lumotlarni to‘plash usuli, o‘rganilayotgan ob’ektning yaxlit va to‘liq modeli sifatida milliy sotsiologiya olimlarining narrativ hikoyalarini sintezlash parametrlari, qoidalari va tamoyillari tahlil etilib, narrativ interv`yu metodining sotsiologik amaliyotda qo‘llanilishining ijtimoiy ahamiyati asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi PF-5667-son «Sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi Farmoni: kirish qismi 2-bandining g) xatboshisida zamonaviy axborot yondashuvlariga tayanadigan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish texnikasi va texnologiyalarini ishlab chiqish, moslashtirish, tatbiq etish va ularning keng usullarini qo‘llash, jamoatchilik fikrini o‘rganish metodologik asoslarini tahlil qilish va takomillashtirish borasidagi takliflardan; 9-bandning 5-xatboshisida sifatli ma’lumotlarni to‘plash zamonaviy usuli, o‘rganilayotgan ob’ektning yaxlit va to‘liq modeli sifatida milliy sotsiologiya olimlarining narrativ hikoyalarni o‘rganish mazmuni, tuzilishi, parametrlari, qoidalari va tamoyillari tahlilidan, narrativ interv`yu qo‘llanilish amaliyotini shakllantirish haqidagi takliflardan foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 01-16/339-son ma’lumotnomasi). Natijada muayyan sohadagi vaziyatni sifat jihatidan o‘zgartirish, hamda ilg‘or xorijiy va milliy nazariy-metodologik vositalardan foydalanish asosida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishning sifat jihatidan yangi va zamonaviy tadqiqot amaliyotini shakllantirish muhimligi asoslangan;
oliy ta’lim tizimini monitoring qilishning protsessual, bashorat qiluvchi, me’yoriy va raqobatbardoshlik mezonlari, ularning o‘zaro aloqadorligi, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tavsiflovchi parametrlar asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydagi PF-6221-son «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmoni: 10-bandi 2- va 3-xatboshida oliy ta’lim tizimini monitoring qilishning protsessual, bashorat qiluvchi, me’yoriy va raqobatbardoshlik mezonlari, ularning o‘zaro aloqadorligi, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tavsiflovchi parametrlar to‘plamiga oid xulosalaridan; ushbu Farmon 2-ilovasi: Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» 12-bandi matnlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 17-03-09/19013-son ma’lumotnomasi). Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari sifatini kvalimetrik monitoring qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi, talaba va tinglovchilar bilim saviyasini hamda kasbiy tayyorganlik darajasini baholash mexanizmlari takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini monitoring qilish (vazifalar berilishi va echilish holatini baholash, talabalar davomati va o‘zlashtirishini avtomatik hisobga olish va ularni fanlar bo‘yicha baholanishi va boshqalar) maqsadida universitet o‘quv bloki uchun integratsiyalangan dastur, bevosita ta’lim jarayonini monitoring qilish (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, innovatsion takomillashtirish asosida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda boshqalar)ni modifikatsiyalash tizimi ishlab chiqilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 iyundagi PQ-4740-son «Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi Qarori: 2-bandining 3-xatboshida fan va ta’limning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili asosida, shuningdek, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvni ta’minlash hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalardan; 12-bandning «Yo‘l xaritasi» 3- ilovasiga muvofiq 6-chora-tadbirdagi 1-mexanizmini amalga oshirishda o‘quv jarayonini monitoring qilish (vazifalar berilishi va echilish holatini baholash, talabalarning darslarda qatnashishini avtomatik hisobga olish va ularni fanlar bo‘yicha baholanishi va boshqalar) maqsadida universitet o‘quv bloki uchun integratsiyalangan dastur, o‘quv jarayonini monitoring qilish (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda boshqalar) tizimi haqidagi xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ning 2021 yil 11 noyabrdagi 04-5930 ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda qabul qilinayotgan davlat qonunchilik hujjatlarining tayyorlanishida ilmiy-tadqiqot ishning ilmiy takliflari va tavsiyalaridan maqsadli foydalanilgan, hamda Geologiya fanlari universiteti tomonidan internetda dist.uzgeouniver.uz manzili bo‘yicha joylashtirilgan masofaviy ta’lim tizimi orqali o‘quv jarayonini kompleks monitoring qilish va integratsiyalash ta’minlangan.