Qarshiev Abror Amrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (“Informatika va axborot texnologiyalari” fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2550.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori; Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi informatika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi turli axborot qurilmalarini kiritish, informatsion va telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini axborotlarni tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash, tayyor ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, informatsion ob’ektlarni yaratish ko‘nikmalari bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
axborot bilan ishlash kompetensiyasini informatikani o‘qitish jarayonida rivojlantirish algoritmi o‘quvchilarni raqamli kontentni yaratishga o‘rgatish, muammoga echim topish, komandada ishlash, analitik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy savodxonlik turi hisoblangan dasturlashtirishni o‘rganish maqsadida ta’lim oluvchilarni raqamli texnologiyalar yordamida loyihalash, yaratish va o‘z-o‘zida aks ettirishga maqsadli yo‘naltirish mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning tizimli-funksional modelini jarayonli-texnologik komponenti kommunikativ, shaxsiy-faoliyatli, kontekstli, tadqiqotchilik, loyihaviy kabi metodik yondashuvlarga ustuvorlik berishga asoslangan kommunikativ trening, biznes o‘yinlar, vaziyatni tahlil qilish, loyiha metodi, keys singari interfaol metodlarga tatbiqan fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladigan o‘quv-bilish topshiriqlarini tizimli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
informatikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi individual ta’lim traektoriyasini maqbul tarzda tanlash, axborot kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali muammoga echim topish, “avtomatlashtirilgan intellektual jarayonlar” va “informatsion jarayonlarni o‘rganish” elementlarini o‘zida uyg‘unlashtiruvchi informatik fikrlashni kompyuting ta’limi bilan maqbul adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Informatika” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
informatikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasini turli axborot qurilmalari bilan ishlash, informatsion va telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llay olish layoqatini axborotlarni tizimlashtirish, tahlil qilish va tanlashni ierarxik tuzilmalar orqali izlash, tayyor ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, informatsion ob’ektlarni yaratish ko‘nikmalari bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan “Informatika” fanidan milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 oktyabrdagi 01/11-01/9-1523-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan o‘quv faoliyati natijalarini loyihalashga xizmat qilgan;
axborot bilan ishlash kompetensiyasini informatikani o‘qitish jarayonida rivojlantirish algoritmini ishlab chiqish, o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning tizimli-funksional modelini jarayonli-texnologik komponentini kommunikativ, shaxsiy-faoliyatli, kontekstli, tadqiqotchilik, loyihaviy kabi metodik yondashuvlarga ustuvorlik berishga asoslangan kommunikativ trening, biznes o‘yinlar, vaziyatni tahlil qilish, loyiha metodi, keys singari interfaol metodlarga tatbiqan fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladigan o‘quv-bilish topshiriqlarini tizimli loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 7-8 sinf “Informatika va axborot texnologiyalari”  darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 oktyabrdagi 01/11-01/9-1523-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika ta’limi orqali o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini interfaol ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
informatikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini individual ta’lim traektoriyasini maqbul tarzda tanlash, axborot kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali muammoga echim topish, “avtomatlashtirilgan intellektual jarayonlar” va “informatsion jarayonlarni o‘rganish” elementlarini o‘zida uyg‘unlashtiruvchi informatik fikrlashni kompyuting ta’limi bilan maqbul adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan AIF1/4. “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish markazi va elektronikadan qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) xalqaro loyihacini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 20 oktyabrdagi 02-1690-1697-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompyuting ta’limini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish