Toshpo‘latov Bekzod Shuhratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tibbiy ta’lim sohasining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi (1917-2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.2. PhD/Tar104.  
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda 1917-2021 yillarda tibbiy ta’lim sohasining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlanishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda tibbiy ta’lim ilk paydo bo‘lish bosqichi (1917-1930 yy.) va mustaqil tibbiyot institutlarining barpo etilishi (1930-1972 yy.), tibbiy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi (1973-1991 yy.), ixtisoslashtirilgan tibbiy ta’limning shakllanishi hamda xorijiy davlatlar bilan tibbiy kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi (1991-2021 yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligi asoslangan;
mustaqillikgacha O‘zbekistonda davlat tibbiyot institutlari, O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti ochilganligi va yillar davomida talabalar qabul kvotalari ortib, ilmiy-tadqiqot ishlari jonlantirilgan bo‘lsa-da, davolash muassasalarini malakali tibbiy kadrlar bilan ta’minlash jiddiy muammoga aylanganligi viloyatlar kesimida aniqlangan;
mustaqillik yillarida tibbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va uning natijalari asosida tibbiyot institutlarida qabul kvotalari, talabalar va professor-o‘qituvchilar sonining ortishi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar kontekstida aniqlangan;
o‘zini oqlamagan eksperimentlardan an’anaviy ta’lim shakllari hisobiga voz kechish, ta’lim berishida ta’lim-tarbiya jarayonini bir butun holda o‘zaro uyg‘unlashtirish zaruriyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-2021 yillarda O‘zbekistonda tibbiy ta’lim tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim, xususan, tibbiy ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim muassasalarida talaba yoshlarga milliy tiklanish g‘oyasi mohiyati to‘g‘risidagi xulosalaridan Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasida bajarilgan №I-56-10/37 “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” shiori ostida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2021 yil 21 sentyabrdagi 04-09-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlarga O‘zbekistonda tibbiy ta’lim sohasi islohotlari, tibbiy kadrlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rnini asoslab berish imkonini bergan;
O‘zbekistonda tibbiy ta’lim ilk paydo bo‘lish bosqichi (1917-1930 yy.) va mustaqil tibbiyot institutlarining barpo etilishi (1930-1972 yy.), tibbiy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlanishi (1973-1991 yy.), ixtisoslashtirilgan tibbiy ta’limning shakllanishi hamda xorijiy davlatlar bilan tibbiy kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi (1991-2021 yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 3 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 11 martdagi 02-40-312-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda tibbiy ta’lim muassasalarining faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish