Formanova Shoira Bobonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1681.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yucup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Nuralieva Go‘zal Abduhamidovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitish metodikasini takomillashtirishda talabalar bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish tashkiliy (ijtimoiy, individual, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion, kommunikativ, psixologik, pedagogik) komponentlar mazmunini ochib berish orqali asoslangan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi aloqa ta’minlangan, ta’lim muhitida masala va mashqlar ishlash bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, masala va mashqlar echishga asoslangan o‘quv qo‘llanma yaratilgan va ulardan samarali foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning metallar haqidagi tafakkurini rivojlantirishda metallar mavzularini o‘qitish metodikasi mazmuni didaktik tamoyillar asosida integratsion bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘zaro iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizimi interfaol dasturiy vositalardan foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra rivojlantirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini axborot texnologiyalari asosida o‘qitishni amalga oshirishda ta’lim tizimiga javob bera oladigan raqobatbardosh iqtidorli talabalarni tarbiyalashga xizmat qiladigan mul`timediali elektron ta’lim recurclari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarni aniqlash hamda axborot texnologiyalarining tashkiliy komponentlariga oid berilgan takliflardan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan 5110300 – Kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standartlar, o‘quv dasturlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 89-03-670-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanga oid axborotlarni Davlat ta’lim standartida belgilangan malaka talablari asosida o‘zlashtirish darajasi samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi aloqa ta’minlangan, ta’lim muhitida masala va mashqlar ishlash bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, masala va mashqlar echishga asoslangan o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan va ulardan samarali foydalanish metodikasi takomillashtirilgan va “Kimyodan masalalar echish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i). Natijada talabalarning kimyo fanidan o‘quv axborotlari bilan ishlash kompetensiyasi rivojlantirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning metallar haqida tafakkurini rivojlantirishda metallar mavzularini o‘qitish metodikasi mazmuni, didaktik tamoyillar asosida integratsion bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘zaro iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizimi interfaol dasturiy vositalar  «Tushunchalar tahlili», «Interfaol metod»larining o‘quv jarayonida foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra rivojlantirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 89-03-670-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning metallar mavzularini o‘zlashtirish darajasi va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida metallar mavzularini axborot texnologiyalar asosida o‘qitishni samarali amalga oshirishda 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish» mavzuidagi amaliy loyiha doirasida pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Oliy ta’lim muassasalarida metallarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish” nomli elektron axborot-ta’lim resursi (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining dasturiy guvohnomasi, DGU 09434, 2020 y) ishlab chiqilgan. Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kimyo ta’limi mazmuni va fanning talabalar tomonidan o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda o‘qitish samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish