Shavkieva Dilfuza Shakarboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.Ph.D/Ped2210.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida tuzilgan bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Madina Ataxanovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga  geymifikatsiya yordamida ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga geymifikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish didaktik imkoniyatini asoslash orqali barcha oliy ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish darajalari (yuqori, o‘rta, qoniqarli, qoniqarsiz) va ularni tanlash mezonlari aniqlangan;
talabalarning nutq kompetensiyasini rivojlantirishda tilning nominativ, kommunikativ, kumulyativ funksiyasidan sinxron foydalanishning samarali mexanizmi «Sirli mehmon», «Barelldagi savollar» kabi geymlar tipologiyasini modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning ingliz tilida lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yin-topshiriqlarning metodik ta’minoti til aspektlari va nutq faoliyati integratsiyasini kiriitsh, innovatsion art texnologiyalar hamda vizual organayzerlar orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimidagi ingliz tili o‘qituvchilarining innovatsion pedagogik faoliyatida virtual laboratoriyalarni tashkil etish orqali geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar sharoitida talabalarga geymifikatsiya yordamida ingliz tilini o‘rgatish metodikasi mavzusi doirasida amalga oshirilgan ishlar asosida:
talabalarga geymifikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitishning didaktik imkoniyati hamda geymifikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv axborotini o‘zlashtirish kontenti  (motivatsion, ilmiy-pedagogik, o‘quv)ga oid ilmiy xulosalardan OT-F1-«Ommaviy lisoniy madaniyatini shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish Vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 02/15/5118-son ma’lumotnomasi). Natijada geymifikatsiya yordamida ingliz tilini o‘qitish asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning nutq kompetensiyasini rivojlantirishda tilning nominativ, kommunikativ, kumulyativ funksiyasidan sinxron foydalanishning samarali mexanizmi hamda geymifikatsiya texnologiyalari asosida ingliz tilidagi o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichlarini geymifikatsiya texnologiyasi asosida takomillashtirishga oid  tavsiyalardan №2018-519-sonli OT-Atex- «Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 20 noyabrdagi 02/03/143-son ma’lumotnomasi). Natijada, geymifikatsiya texnologiyalari o‘quv axborotini o‘zlashtirish kontenti (motivatsion, ilmiy-pedagogik, o‘quv) geymifikatsiya texnologiyalariga murojaat etishga ustuvorlik berish asosida  ommalashtirilgan;
geymifikatsiya texnologiyalari yordamida ingliz tilidagi o‘quv  materiallarini o‘zlashtirish tizimini takomillashtirish, til aspektlari va nutq faoliyati integratsiyasi asosida innovatsion art texnologiyalar hamda vizual organayzerlardan foydalanishga oid fikr-mulohazalardan «Talabalarga geymifikatsiya yordamida ingliz tilini o‘rgatish texnologiyasi» nomli  ilmiy ishlanma yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Agentligining 2021 yil 21 yanvardagi 003112-son guvohnomasi). Natijada talabalarning bilimlarini yaxshilashga va zamonaviy texnik vositalaridan foydalanishni o‘quv jarayoniga kiritish talabalarning ijobiy o‘rganish motivatsiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
«Sirli mehmon», «Barelldagi savollar», Unusual animal of the planet», «The longest animal in Africa», «Dignified and beautiful animal», «Friendship-loving animal» («Sayyoradagi eng antiqa hayvon», «Viqorli va go‘zal jonivor», «Do‘stlikni sevuvchi jonivor»)   kabi geymlarni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan 2020-207-sonli Arkansas Spring International Language Center «English language capacity building project» amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/613-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar tomonidan ingliz tilidagi o‘quv materialini (kovergent, divergent, audiovizual) o‘zlashtirishning hissiy-emotsional faoliyati, til o‘rganish qobiliyati, kompetensiyalarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
geymifikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv axborotini o‘zlashtirish kontenti (motivatsion, ilmiy-pedagogik, o‘quv)ga oid ilmiy xulosalardan bakalavr talabalari uchun «Speaking extra topics» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-245-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga geymifikatsiya yordamida ingliz tilini o‘qitish orqali ularning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimidagi ingliz tili o‘qituvchilarining innovatsion pedagogik faoliyatini takomillashtirishda virtual laboratoriyalarni tashkil etish orqali geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalarga oid fikr-mulohazalardan  «Sirdaryo» telekanalining «Diyor yangiliklari» informatsion dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 apreldagi 481-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarining geymifikatsiya texnologiyasidan foydalanish kompetensiyasi xususida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish