Sobirova Gulnoza Raxmatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishda axborot ta’limiy resurslardan foydalanish texnologiyasi” (ingliz tilini o‘qitish misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/ped1825.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti,  PhD. 03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishda axborot ta’limiy resurslaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishning motivatsion, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv mezonlari asosida o‘zbek talabalarining chet tildagi axborotni o‘zlashtirishdagi semantik, sintaktik va pragmatik omillar yaxlitligida nutqiy voqelanishning morfologik vositalarni lug‘aviy va sintaktik shakl hosil qiluvchilar asosida qabul qilish, miyada qayta tushunish va uning ma’nosini anglashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’limiy resurslardan foydalanishni samarali tashkil etishga qaratilgan didaktik modeli talabalarning auditiv ko‘nikma va malakalarini mustaqil ta’limda baholash mezonlarining differensial yondashuvi integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan;
auditiv layoqatni axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishga mo‘ljallangan «Tinglash va tushunish» mul`timediali audio topshiriqlari va «Zamonaviy o‘qituvchining ingliz tilidagi lug‘at zahirasi» nomli metodik tavsiyalar o‘zbek milliy qadriyatlari kontekstida ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy auditiv layoqatini didaktik kategoriya sifatida axborot ta’limiy resurslar (striming, xosting) vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik mohiyati, uning turlari, shakllanishi hamda rivojlanish jarayoni ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirish asosida:
talabalarning kasbiy auditiv layoqatini didaktik kategoriya sifatida axborot ta’limiy resurslar (striming, xosting) vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik mohiyati, uning turlari, shakllanishi hamda rivojlanish jarayonini ta’lim jarayonida inobatga olish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan Britaniya  Kengashining №2018-615 INPRODEC - “Talabalarni ish bilan ta’minlashda ingliz tilini bilish darajasining ahamiyati” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan maqsadli vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/615-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar (striming, xosting) vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik mohiyati, uning turlari, shakllanishi hamda rivojlanish jarayoni tahlil qilingan;
        o‘zbek talabalarining chet tildagi axborotni o‘zlashtirishdagi semantik, sintaktik va pragmatik omillar yaxlitligida nutqiy voqelanishning morfologik vositalarni lug‘aviy va sintaktik shakl hosil qiluvchilar asosida qabul qilish, miyada qayta tushunish va uning ma’nosini anglashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan didaktik ta’minotidan Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilayotgan №2018-519-OT-Atex “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni Veb - ilova dasturiy ta’minotini yaratish” nomli fundamental loyihaning shakllantiruvchi bosqichidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/615-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (individuallik, differensiallik), pedagogik shartlarini tavsiflash asosida pedagogik tizim va uning didaktik ta’minoti mohiyatini ochib beruvchi “Talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’limiy resurslardan foydalanish” nomli  modeli ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy auditiv layoqatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’limiy resurslardan foydalanishni samarali tashkil etishga qaratilgan didaktik modelidan Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilayotgan №2018-519-OT-Atex “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni Veb - ilova dasturiy ta’minotini yaratish” nomli fundamental loyihaning shakllantiruvchi bosqichidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/615-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv mezonlari takomillashtirilgan;
 talabalarning kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishga mo‘ljallangan “Tinglash va tushunish”, “Tinglash va tushunish”, “Axborot ta’limiy resurslardan foydalanish texnologiyalari” mul`timediali tasmalar majmui ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Intellektual mulk agentligining patenti olingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89/03/615-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy auditiv layoqatini axborot ta’limiy resurslar vositasida rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv mezonlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish