Igamuratova Dilrabo Charievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar sarguzasht-fantastik nasri o‘zbekcha tarjimalarining o‘ziga xos xususiyatlari (N.N. Nosov va A.S. Nekrasov asarlari tarjimalari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1369.
Ilmiy rahbar: Barakaev Rahmatulla, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor; Ismoilov Hamdam, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus tilidagi bolalar sarguzasht-fantastik nasrining o‘zbekcha tarjimalarini asliyat bilan qiyoslab, badiiy tarjimada adekvatlik, ekvivalentlik, milliy koloritni saqlash prinsiplarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
N.Nosov roman-ertaklari va A.Nekrasov qissasidagi shaxs, predmet kabi “gapiruvchi” nomlar tarjimalarining umumadabiyot tarjimalaridan farqli jihatlari “tarjima qilib bo‘ladigan” va “tarjima qilib bo‘lmaydigan” tamoyillar nuqtai nazaridan asoslangan;
N.Nosov va A.Nekrasov asarlaridagi frazeologizmlarni o‘zbek tiliga o‘girish bilan bog‘liq jihatlar yosh bolalar xarakter-xususiyati nuqtai nazaridan belgilanganligi va frazeologizmlar tarjimasida asliyatdagi so‘z qo‘llash uslubini saqlab qolishda tarjimon mahoratining ko‘rsatilganligi dalillangan;
N.Nosov roman-ertaklari tarjimalarining ikki nashrini qiyoslash asosida bir tarjimonning avval tarjima qilgan asarini qayta nashr jarayonida tahrir qilishi va qayta ishlashi badiiy tarjima amaliyotining turli davrlardagi darajasini ko‘rsatishga xizmat qilishi tarjimon ijodiy laboratoriyasiga asoslanishi isbotlangan;
N.Nosov roman-ertaklari tarjimalari nashrlarida fantastik elementlarning qayta yaratilishi bilan bog‘liq tomonlar, uydirmalar tarjimasi misolida A.Nekrasovning badiiy niyatining o‘ziga xosliklari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarjimada muallif badiiy niyati va mahoratining qayta ifodalanish xususiyatlarini ochib berish jarayonida rus bolalar adabiyotining o‘zbek tilidagi tarjimalari misolida qo‘lga kiritilgan xulosa va tavsiyalar asosida:
N.Nosov roman-ertaklari va A.Nekrasov qissasidagi shaxs nomlari va predmet nomlari kabi “gapiruvchi” nomlar tarjimalarining umumadabiyot tarjimalaridan farqli jihatlari “tarjima qilib bo‘ladigan” va “tarjima qilib bo‘lmaydigan” tamoyillar, muallif badiiy niyatining tarjimada qayta yaratilishi bilan bog‘liq muammolar OT–F1-80 “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” fundamental tadqiqot dasturida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 3/1255-87-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy fikrlarning dalillanish darajasi ortgan;
N.Nosov va A.Nekrasov asarlaridagi frazeologizmlarni o‘zbek tiliga o‘girish bilan bog‘liq jihatlar yosh bolalar xarakter-xususiyati nuqtai nazaridan belgilanganligi va frazeologizmlar tarjimasida asliyatdagi so‘z qo‘llash uslubini saqlab qolishda tarjimon mahorati, asliyatdagi shakl va mazmun ekvivalentligini ta’minlashda tarjimonlarning asar mualliflari uslubi bilan bog‘liq jihatlariga doir xulosalardan FA-A1-G031 P3-2014-0903154906 “O‘zbek fol`klorshunosligi tarixi” amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 3/1255-87-son ma’lumotnomasi). Natijada “Bilmasvoy Quyosh shahrida” roman-ertagidagi o‘zbek xalq ertaklariga xos sehrli elementlar, syujet qurilmasi va badiiy originallik masalalari xususidagi xulosalari va materiallari sehrli ertaklarning o‘ziga xosliklari haqidagi xulosalarga kiritilgan;
N.Nosov roman-ertaklari tarjimalari nashrlarida fantastik elementlarning qayta yaratilishi bilan bog‘liq jihatlar, uydirmalar tarjimasi misolida A.Nekrasovning badiiy niyatining o‘ziga xosliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanalining “Ta’lim va taraqqiyot” va “Ibratga yo‘g‘rilgan umr” ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali 2021 yil 1 iyundagi 02-13-883-son ma’lumotnomasi). Natijada N.N. Nosov va A.S. Nekrasov asarlarining tarjimada aks etish muammolari asoslab berilgan, asarlar kontekstidagi “gapiruvchi” nomlar, frazeologizm va maqollarni tarjimada qayta yaratishda tarjimonlar mahorati, badiiy tarjimada ibora va so‘zlarning muqobil variantini topish juda muhim xususiyat ekanligi yoritilgan, o‘zbekcha tarjimalardagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatilgan va kelajakda yaratiladigan yangi tarjima nashrlar uchun tavsiyalar berilgan;
N.Nosov roman-ertaklari tarjimalarining ikki nashrini qiyoslash asosida bir tarjimonning avval tarjima qilgan asarini qayta nashr jarayonida tahrir qilishi va qayta ishlashi badiiy tarjima amaliyotining turli davrlardagi darajasini ko‘rsatishga xizmat qilishi hamda tarjimon ijodiy laboratoriyasi borasidagi natija va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Badiiy tarjima kengashi hisobot yig‘ilishlarida, adabiy to‘garak mashg‘ulotlarda, mahorat darslarida, yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlarda tadqiqot natijalaridan unumli foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 1 maydagi 09-32/14-son ma’lumotnomasi). Natijada rus-o‘zbek adabiy aloqalari, xususan, bir asarning bir nechta tarjimalari bo‘lishi mumkinligi va bir tarjimonning bir asarning qayta tarjimasi jarayonidagi tahrir va tuzatishlarini o‘rganishda, tahlilga tortilgan asarlar matnida uchraydigan ruscha frazeologik iboralar, maqollarning o‘zbekcha tarjimadagi yutuq va kamchiliklari hamda tarjima jarayonida boshqa xalqlar asarlarini kitobxonga moslashtirish va milliy koloritni qayta yaratish xususidagi tahlil va talqinlar uyushmada o‘tkazilgan ma’ruzalar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish