Ruzmetov Surojbek Allaberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Rus va o‘zbek tillarida o‘zlashma so‘zlar qo‘llanilishining gerontologik jihati” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil883.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Saparova Kunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rusiyzabon va o‘zbekzabon keksa avlod vakillarining sotsiolingvistik portreti sifatida xizmat qiladigan o‘zlashgan so‘zlar qo‘llanilishidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa avlod vakilining sotsiolingvistik portreti modeli yaratilgan bo‘lib, u suhbat chog‘idagi vazminlik, replikalar ketma-ketligining to‘g‘riligiga amal qilish, nutq sur’atining sekinligi, fikrlarni batafsil ifodalash, nasihatomuz mazmundagi, eskirgan yoki eskirayotgan o‘z va o‘zlashma so‘zlarning qo‘llanilishi kabi xususiyatlarga ega ekanligi asoslangan;
o‘zlashgan so‘zlar gerontologik tusga egaligi, birliklar rusiyzabon keksa avlod vakillarining nutqiga qaraganda o‘zbekzabon informantlarning nutqida miqdor jihatidan ko‘pligi aniqlanib, bu mustaqillikka erishilgandan keyingi sotsiolingvistik vaziyatning o‘zgarganligi bilan izohlangan;
rusiyzabon va o‘zbekzabon keksa avlod vakillari tomonidan muloqot jarayonida qo‘llaniladigan o‘zlashma so‘zlar tematik jihatdan to‘liq o‘xshashligi, aynan bir xil lug‘aviy-ma’noviy maydonlardan tashkil topganligi, tarkibiy birliklari soni bo‘yicha “Inson va uning sifatlari”, “Siyosat” maydonlari yetakchi o‘rinda ekanligi aniqlangan;
etimologik nuqtai nazardan rusiyzabon keksa avlod vakillarining nutqida qo‘llaniladigan o‘zlashma so‘zlarning asosiy qismini lotin va yunon, o‘zbekzabon informantlarning nutqidagi bu kabi birliklarning ko‘pchiligini arab va lotin tillariga oid so‘zlar tashkil qilinishi isbotlanib, o‘zbekzabon keksa avlod vakillaridan farqli ravishda rusiyzabon informantlar neologik xarakterdagi o‘zlashmalardan nutqda ko‘proq foydalanishga moyilligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Tadqiqotdagi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalardan:
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining № BF-1-003 raqamli “O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik fikrini o‘rganishning fundamental ilmiy-amaliy asoslari” nomli fundamental grant loyihasida keng foydalanilgan. Jumladan, ushbu loyiha doirasida turli ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish jarayonida keksa avlod vakillariga taklif qilingan sotsiolingvistik portret xususiyalari asosida (sotsiolingvistik portret suhbat chog‘idagi vazminlik, replikalar ketma-ketligining to‘g‘riligiga amal qilish, nutq sur’atining sekinligi, fikrlarni batafsil ifodalash, nasihatomuz mazmundagi, eskirgan yoki eskirayotgan o‘z va o‘zlashma so‘zlarning qo‘llanilishi kabi xususiyatlardan tashkil topadi) yondashilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 maydagi 89-03-2026-son ma’lumotnomasi). Natijada «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan keng qamrovli so‘rovnomalarning mazmunini boyitishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer qilish markazining PZ-201709202 “Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida pensiya yoshidagi turistlar uchun reklama roliklari tayyorlashda ishda o‘zlashgan so‘zlar gerontologik tusga egaligi asosida tasniflanishi, tahlillar natijasida bu kabi birliklar rusiyzabon keksa avlod vakillarining nutqiga qaraganda o‘zbekzabon informantlarning nutqida miqdor jihatidan ko‘pligi to‘g‘risidagi va mustaqillikka erishilgandan keyingi sotsiolingvistik vaziyatning o‘zgarganligi bilan izohlanganligi e’tiborga olingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 maydagi 89-03-2026-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan maxsus roliklarning syujet materiallari ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi; etimologik nuqtai nazardan rusiyzabon keksa avlod vakillarining nutqida qo‘llaniladigan o‘zlashma so‘zlarning asosiy qismini lotin va yunon, o‘zbekzabon informantlarning nutqidagi bu kabi birliklarning ko‘pchiligini arab va lotin tillariga oid so‘zlar tashkil qilishi borasidagi statistik ma’lumotlar reklama roliklarining ilmiy-ommabop qiymati, informatsion mazmundorligini oshishiga xizmat qilgan;
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining PZ-2001709072 raqamli “Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy stratifikatsiyasini baholashning nazariy-uslubiy instrumentariysini ishlab chiqish” amaliy grant loyihasi doirasida, jumladan, rusiyzabon va o‘zbekzabon keksa avlod vakillari nutqidagi o‘zlashma so‘zlarning tematik jihatdan to‘liq o‘xshashligi, aynan bir xil lug‘aviy-ma’noviy maydonlardan tashkil topganligi, tarkibiy birliklari soni bo‘yicha “Inson va uning sifatlari”, “Siyosat” maydonlari yetakchi o‘rinda ekanligi borasidagi nazariy mulohazalaridan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 maydagi 89-03-2026-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat ijtimoiy tuzilishining tahliliga asosiy yondashuvlar, xususan, yoshga oid differensiatsiya tamoyillari lingvistik xarakterdagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan; Urganch davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyidagi qatag‘onda qurbon bo‘lgan shaxslarning yig‘ma jildlari hujjatlarini tasniflash, tarjima qilish va nashrga tayyorlash jarayonida hujjatlar matnida uchraydigan va dissertatsiyada izohi keltirilgan o‘zlashgan so‘zlarni (22 ta birlik) to‘g‘ri talqin qilishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2021 yil 4 maydagi 01-101/13-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarjima va tabdil qilingan hujjatlar ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan, matnlarning kitobiy uslubga muvofiqligi ta’minlangan.