Yusupov Azat Ataxanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili darslarida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi zamonaviy o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2013.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Farxad Kurbanbaevich Babadjanov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Radjabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shahlo Shukrullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining o‘zga tilli guruhlarida o‘zbek tili mashg‘ulotlari orqali nutqiy kompetensiyani rivojlantiruvchi zamonaviy o‘quv topshiriqlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda matnni tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini hosil qiluvchi o‘quv topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib amaliyotda qo‘llanganda talabalarni turli nutqiy vaziyatlarga tayyorlash imkoniyati oshgani aniqlangan;
talabalarda o‘zbek tili mashg‘ulotlari jarayonida turli uslubga doir matnlar ustida ishlab, mantiqiy fikrlash, o‘z faoliyatlarida, mutaxassisligiga doir nutqiy jarayonlarda o‘zbek tilidan samarali foydalanish malakalarini hosil qilishda noan’anaviy topshiriqlarning qulay va samarador ekanligi isbotlangan;
talabalarda ravon nutq asosi bo‘lgan so‘z boyligini oshirish bilan birga ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni ham shakllantirish zarurati nuqtai nazaridan mashg‘ulotlarda o‘lkashunoslik materiallaridan foydalanish zarurligi lingvodidaktik jihatdan asoslangan;
o‘zga tilli guruhlarning turli mutaxassislikni egallayotgan talabalarida nutqiy kompetensiyani shakllantiruvchi asosiy o‘quv materiali turli nutqiy vaziyatlarga xos matnlar va ularga tizimli bog‘langan holda ishlab chiqilgan noan’anaviy o‘quv topshiriqlari ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan guruhlar uchun o‘zbek tili o‘qitishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv topshiriqlari tizimidan foydalanish asosida quyidagi natijalarga erishildi:
Qoraqalpoq, Samarqand va Andijon davlat universitetilarida talabalarga o‘zbek tilidan matn ustida ishlash orqali nutqiy kompetensiyalarni, jumladan, tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini jadal rivojlantirishda amaliy yordam berdi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini oshirishga xizmat qilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8  fevraldagi 89-03/31-35-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat tili ta’lim tizimida noan’anaviy o‘quv topshiriqlari asosida talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari sezilarli o‘zgargan, o‘qituvchilar foydalanadigan davlat tilini o‘qitishga doir metodika mazmuni takomillashgan;
oliy ta’lim uchun o‘zbek tili fanidan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan  “Imlo” va “Punktuatsiya” mavzulari bo‘yicha Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8  fevraldagi 89-03/31-35-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘quv topshiriqlari orqali talabalarda nutqiy kompetensiya sezilarli shakllangan;
talabalarda ravon nutq asosi bo‘lgan so‘z boyligini oshirish bilan birga ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni ham shakllantirish zarurati nuqtai nazaridan mashg‘ulotlarda o‘lkashunoslik materiallaridan foydalanib ishlab chiqilgan noan’anaviy o‘quv topshiriqlardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan M.Qudaybergenov rahbarligidagi PZ-20170930309-raqamli “Qoraqalpoq fol`klori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8  fevraldagi 89-03/31-35-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘quv topshiriqlari orqali o‘quvchilarda nutqiy kompetensiya sezilarli darajada shakllanib, talabalarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usi mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonining 4-7-bandlarida belgilangan davlat tilini ta’lim muassasalarida o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, o‘zbek tilining kom`pyuter dasturlarini yaratish, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarini ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish ishlarini jonlantirishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2021 yil 11 yanvardagi 30-11-07-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kurslari mazmunini boyitgan, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish