Jumanazarov Umid Umirzakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limni raqamlashtirish muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped221.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi,  IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/04.06.2020. Ped.113.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining FISh, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha lisoniy ta’minotlar majmuining nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet til ta’limidagi “kompetensiya”, “kompetentlik”, “raqamli ta’lim”, “elektron ta’lim”, “mobil` ta’lim”, “kasbiy kompetentlik”, “leksik kompetensiya”, “grammatik kompetensiya”, “nutq kompetensiyasi”, “lingvistik kompetensiya” tushunchalarining mazmuni pedagogik jihatdan asoslanib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari lingvistik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish bosqichlari aniqlangan;
soha talabalarining raqamli ta’limdagi mustaqil ishlari mazmunini o‘zlashtirishning tanishuv, reproduktiv va produktiv darajalarini belgilash, lingvomadaniy tushunish va idrok etishga qaratilgan didaktik imkoniyatlarga bulutli texnologiyalar, o‘yin (geymifikatsiya)lardan foydalanish ko‘nikmalarini kiritish asosida aniqlangan;
ta’limni raqamlashtirish muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalari elektron va mobil` qurilmalar (FAQ, FoIrum, Link, Chart, Q/A, Perlev, SWOT, intenview, dayjest, Peport), virtual o‘quv muhitini boshqaruvchi tizimlar (LMS), ichki kontent boshqaruv tizimlari (CMS), ommaviy ochiq onlayn kurslari (MOOS), mustaqil ishlarning zamonaviy shakllarini o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning ingliz tilidan grammatik va frazeologik kompetensiyasini shakllantirish hamda rivojlantirishning bosqichlari, bilimlarni o‘zlashtirish darajalari, kasbiy ahamiyatli sifatlar tarkibi Umumevropa CEFR (Common European Framework of Refernce for Language) standarti talablari asosida aniqlangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetentligini rivojlantirish modeli, grammatik kompetensiyaning tarkibiy qismlari, kasbiy ahamiyatli sifatlar xarakterini rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini va ta’lim jarayonlarini raqamli avlodga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish tizimiga oid tadqiqot natijalari asosida:
chet til ta’limidagi “kompetensiya”, “kompetentlik”, “raqamli ta’lim”, “elektron ta’lim”, “mobil` ta’lim”, “kasbiy kompetentlik”, “leksik kompetensiya”, “grammatik kompetensiya”, “nutq kompetensiyasi”, “lingvistik kompetensiya” tushunchalarining mazmuni ilmiy-pedagogik asoslangan hamda “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari lingvistik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish bosqichlari”ni aniqlashga oid ma’lumotlardan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 07-07-3960/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili yo‘nalishida lingvistik kompetensiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga doir xulosalar ishlab chiqilgan va bu boradagi bilimlarni o‘zlashtirishga oid metodik tavsiyalar takomillashtirilgan;
soha talabalarining raqamli ta’limdagi mustaqil ishlari mazmunini o‘zlashtirishning tanishuv, reproduktiv va produktiv darajalarini belgilash, lingvomadaniy tushunish va idrok etishga qaratilgan didaktik imkoniyatlarni bulutli texnologiyalar, o‘yin (geymifikatsiya)lardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida aniqlangan ma’lumotlardan PZ 20170926289 raqamli “O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” nomli ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 07-07-3960/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada lingvistik metodlar ketma-ketligi  va ular vositasida soha ta’lim oluvchilarining egallagan malakalari muayyan tartibda tavsiflanishiga erishilgan;
ta’limni raqamlashtirish muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalari elektron va mobil` qurilmalar (FAQ, FoIrum, Link, Chart, Q/A, Perlev, SWOT, intenview, dayjest, Peport), virtual o‘quv muhitini boshqaruvchi tizimlar (LMS), ichki kontent boshqaruv tizimlari (CMS), ommaviy ochiq onlayn kurslari (MOOS), mustaqil ishlarning zamonaviy shakllarini o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 07-07-3960/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni raqamlashtirish muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari lingvistik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini aniqlashga erishilgan;
 raqamli ta’lim muhitida talabalarning ingliz tilidan grammatik va frazeologik kompetensiyasini shakllantirish hamda rivojlantirishning bosqichlari, bilimlarni o‘zlashtirish darajalari, kasbiy ahamiyatli sifatlar tarkibi Umumevropa CEFR (Common European Framework of Refernce for Language) standarti talablari asosida aniqlash bo‘yicha tavsiyalardan PZ 20170926289 raqamli “O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” nomli ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 07-07-3960/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning innovatsion va kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetentligini rivojlantirish modeli, grammatik kompetensiyaning tarkibiy qismlari, kasbiy ahamiyatli sifatlar xarakterini rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini va ta’lim jarayonlarini raqamli avlodga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 dekabrdagi 07-07-3960/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari leksik va nutq kompetensiyalarining tarkibiy tuzilmasini,  kompetentligini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish