Dedaxanova Muazzam Altmishbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modern she’riyatda ma’no ko‘chishining lingvokognitiv aspekti (Rauf Parfi ijodi misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1900.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev  Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Muxamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rauf Parfi ijodi misolida poetik matnlarda qo‘llanilgan ko‘chma ma’no turlarining konseptual va lingvokognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chma ma’noli so‘zlarning konseptual maydoni doirasini aniqlash orqali konseptual metafora manba maydoni va maqsad maydoni, konseptual metonimiya esa vosita maydoni hamda maqsad maydoni kabi kognitiv strukturalar tamoyilida ishlab chiqilgan;
ilk bor metonimiyadan farqlagan holda sinekdoxa va uning tasnifi borasidagi nazariyalarga kognitiv model asosida yondashilgan hamda modern she’riyatda konseptual metaforani korrespondensiyalar to‘plami, ya’ni "xaritalash" (mapping) asosida o‘rganish taklif qilingan;
ma’no ko‘chish turlari butun → qism, qism → butun tamoyilidagi germenevtik yondashuv asosida, shu jumladan, metaforalar tuzilishiga ko‘ra leksema→ frazema→ birikma→ gap→ matn tarzida leksik, morfologik, sintaktik aspektlarda ochib berilgan;
Rauf Parfi tarjimalarida qo‘llangan ko‘chma ma’no turlarining faol va passiv darajalari tasviriy statistikasini grafik shaklda umumlashtirish orqali  shoir  ijodi va tarjimalarida metafora yetakchilik qilishi (metafora ― 77 %, metonimiya ― 13 %, sinekdoxa ― 8 %, vazifadoshlik ― 1 %) dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modern she’riyatda ma’no ko‘chishining lingvokognitiv aspekti (Rauf Parfi ijodi misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:  
modernistik metafora ko‘p qatlamli strukturaga egaligi, modernizm lirikasida bir qadar ulg‘aygan, ko‘p sub’ektli va buning ortidan ko‘p darajali bo‘lgan metafora yangi vazifa – matnni tashkil etish funksiyasini o‘z zimmasiga olganligiga oid materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3652-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 10 iyun` oyidagi 01-03/784-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushma tomonidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy anjumanlar, seminarlar, turli ijodiy ishlar yangi ilmiy-amaliy materiallar bilan boyigan, kitobxonlarning modern she’riyat tilini lingvokognitiv tahlil qila olish ko‘nikmasi mukammallashgan;
Rauf Parfi ijodida qo‘llangan antropotsentrik metafora va metonimiyalarni leksik, morfologik va sintaktik qatlamlarda tahlil qilish va tizimli munosabatlarini ochish bilan bog‘liq tavsiyalardan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetining 2021 yil 12 iyundagi 04/1-1031-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning antropotsentrik metafora va metonimiyalar bilan bog‘liq qismining ilmiy qiymati oshgan, tillararo integratsiyasi ta’minlangan;
ko‘chma ma’noli so‘zlarning mohiyatini to‘g‘ri anglash uchun ularning konseptual maydon doirasini kognitiv modellar asosida tahlil qilish borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tashabbusi bilan teatr jamoalari tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng tatbiq etilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 18 oktyabrdagi 05-12-10-4627-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nutqimizning ko‘chma ma’noga boyligi, modern she’rlardagi ramziylik kabi o‘ziga xos lingvistik jihatlarning ta’sirchanlikni oshirishdagi ahamiyati yanada oshgan;
ma’no ko‘chish turlarining germenevtik yondashuv asosidagi tadqiqi va Rauf Parfi tarjimalarida qo‘llangan ko‘chma ma’no turlari statistikasi bo‘yicha ma’lumotlardan A-1-209-raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish hamda o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasida belgilangan vazifalarga ko‘ra foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zDJTUning 2021 yil 27 oktyabrdagi 22/807-son ma’lumotnomasi). Natijada Rauf Parfining ijodiy merosi va tarjimalari o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa ham, boshqa tillardagi lug‘aviy birliklarni mahorat bilan qo‘llashning nazariy tamoyillarini belgilashi, til va madaniyatning mushtarakligini asoslashi o‘z isbotini topgan;
modern she’riyatda konseptual metaforani korrespondensiyalar to‘plami, ya’ni "xaritalash" (mapping) asosida o‘rganish xususidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda amaliy foydalanildi (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01-02-1501-son ma’lumotnomasi). Natijada modern she’riyatini konseptual metaforalar, xususan korrespondensiyalar to‘plami, ya’ni "xaritalash" asosida o‘rganishning  afzalligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish