Saimnazarova Dilnoza Abdune’matovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ingliz tilida matn o‘qishni o‘rgatish innovatsion texnologiyalari”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc /Ped216.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jalolov Jamol Jalolovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 .
Rasmiy opponentlar: Djumaboevna Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘zmetova Muxabbat Shakirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga ingliz tilida matn o‘qishni o‘rgatishning innovatsion texnologiyalari asosida mashqlar turkumini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy fanlar va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari talabalariga ingliz tilida matn o‘qishni o‘rgatish jarayonida madaniyatlararo muloqotda erkin faoliyat yuritadigan kommunikant va kognizant shaxsining rivojlanishiga ta’sir etuvchi lingvomadaniy, metakommunikativ, metakognitiv kabi omillari aniqlangan;
chet tilda ilmiy matnlarni tushunish bilan bog‘liq lisoniy, nutqiy va strukturaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishning kognitiv prinsiplari ona tilini o‘zlashtirish psixofiziologiyasi tamoyillariga asoslangan innovatsion yondashuvga muvofiq va psixolingvistika, neyrolingvistika fanlari integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning chet tilida sohaviy matnlarni o‘qish, madaniyatga oid axborotni kasbga oid axborotdan ajratish malakalarining matn oldi tayanch terminologik leksikasini o‘rgatish va matn tanlash kabi lingvodidaktik prinsiplar asosida o‘qitishda rivojlanishi isbotlangan;
hikoya (storytelling) bayon qilish usullarini ilmiy matnni idrok etish va tushunishga adaptatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish orqali ingliz tilida sohaviy matn o‘qishni o‘rganish motivatsiyasining rivojlanishiga erishilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga ingliz tilida matn o‘qishni o‘rgatish innovatsion texnologiyalariga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy fanlar va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari talabalariga ingliz tilida matn o‘qishni o‘rgatish jarayonida madaniyatlararo muloqotda erkin faoliyat yuritadigan kommunikant va kognizant shaxsining rivojlanishiga ta’sir etuvchi lingvomadaniy, meta-kommuniktiv, meta-kognitiv kabi omillarni aniqlashga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz tili va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-07-2388/04-son dalolatnomasi). Natijada, chet tilda o‘qishni o‘rgatish metodikasining retrospektiv ilmiy taxlilini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyati oshirilgan.
Chet tilda ilmiy matnlarni tushunish bilan bog‘liq lisoniy, nutqiy va strukturaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishning kognitiv prinsiplari ona tilini o‘zlashtirish psixofiziologiyasi tamoyillarga asoslangan innovatsion yondashuvga muvofiq va psixolingvistika, neyrolingvistika fanlari integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan takliflar MUZ-2015-0908164325 raqamli kommunikativ-kumulyativ metod asosida umumta`lim maktabi o‘quvchilariga ingliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalga foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-07-2388/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tilida sohaviy matnlar o‘qishni o‘rganish motivatsiyasini rivojlantirish, yangi va foydali axborot olish malakalarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning chet tilda sohaviy matnlarini o‘qitish, madaniyatga oid axborotni kasbga oid axborotdan ajratish malakalarining matn oldi tayanch terminologik leksikasini o‘rgatish va matn tanlash kabi lingvodidaktik prinsiplar asosida o‘qitishda rivojlantirishga oid takliflar №215- “Chorvachilikda ozuqalarni tashish va tarqatishda qo‘llaniladigan almashuvchan kuzovli agregat va o‘zi yurar vositalarni ishlab chiqarish” mavzusidagi amaliy loyixani (2017-2018) bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-07-2388/04-son dalolatnomasi). Natijada, chet tilda sohaviy matnlarni tushunish bilan lisoniy, nutqiy va strukturaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishning kognitiv prinsiplarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
hikoya (storytelling) bayon qilish usullarini ilmiy matnni idrok etish va tushunishga adaptatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish orqali ingliz tilida sohaviy matn o‘qitishni o‘rganish motivatsiyasining rivojlanishiga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz tili va nemis tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” va PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihalarda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-07-2388/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarga ingliz tilida matn o‘qishni o‘rgatishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish imkoniyati kengaytirilgan.