Jumaeva Mohigul Abduvohidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion ta’lim sharoitida ona tili darslarining samaradorligini oshirish (boshlang‘ich sinf misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped611.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Hasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish metodikasiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslari samaradorligini oshirishning o‘ziga xos tushunish bilan bog‘liq lisoniy, nutqiy va strukturaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishning kognitiv prinsiplari, ona tilini o‘zlashtirish psixofiziologiyasi tamoyillariga asoslangan xususiyatlari fonema va tovushning o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik mohiyatini anglash hamda nutqiy faoliyatda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyani rivojlantirishga doir topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, o‘qitish vositasi va metodlari belgilangan va matnni o‘qib tushunishning pedagogik o‘lchovlariga umumlashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish o‘quvchilarda grammatik shakl va grammatik ma’no uyg‘unligini anglash, nutqiy vaziyatlarni his qilish (ijtimoiy marker, sotsiumning kommunikativ kompetentligi) kabi malakalarni rivojlantirish ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasini baholashda foydalaniladigan topshiriqlarning kognitiv darajalari aniqlashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslari samaradorligini oshirish o‘quvchilarda til birliklarini kommunikativ maqsad va o‘quvchilar savodxonligini oshirish mazmuni, shaxsiy qadriyatli yondashuvni amalga oshirishning strategik modeli va o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirish gorizontal integrativ texnologiyalardan foydalangan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida ona tili darslarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari fonema va tovushning bog‘liqlik, aloqadorlik mohiyatini, nutq tovushlariga xos modallikni anglash hamda nutqiy faoliyatda qo‘llash, ya’ni tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish tizimi takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalardan A1-XT-0-92-997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asoslanishiga hamda ilmiy materiallar bilan ta’minlanishiga erishilgan;
ona tili ta’limi samaradorligini oshirish tilning leksik birliklarini kontekstual tahlil asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyani shakllantirish va nutqiy kompetentlikni anglash, rivojlantirish texnologiyalari “ART” (vizual, kinestik), “Kouching” (muammoli vaziyatlarni hal etish), “Fallstudy”(aniq vaziyatlar tahlili) metodlari asosida takomillashtirilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan va F3-2016-09-08165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2020 yilning 04 noyabrdagi 182-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning amaliy xulosalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish morfologik, sintaktik birliklar tahlili asosida o‘quvchilarda grammatik shakl va grammatik ma’no uyg‘unligini anglash nutqiy vaziyatlarni his qilish (ijtimoiy marker, sotsiumning kommunikativ kompetentligi) kabi malakalarni rivojlantirishga doir tavsiyalardan boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan integrallashgan metodik ta’minot yaratilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish o‘quvchilarda media-matnlar tahlili asosida til birliklarini kommunikativ maqsad va nutqiy vaziyatga mutanosib qo‘llanishini anglash, tushunish va ijodiy baholashga doir tayanch kompetensiyani shakllantirish metodikasi haqidagi xulosalardan va F3-2016-09-08165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2020 yil 04 noyabrdagi 182-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning grammatik bilimlarini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.