Abduraxmonova  Iqbolxon  Yulchievnaning
falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Biologiyani o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped942.
Ilmiy rahbar: Tolipova Jamila Olimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biologiyani o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv, adaptiv, funksional, intellektual bosqichlarda ijtimoiy-pedagogik, didaktik, huquqiy-me’yoriy, metodik shart-sharoitlar, muammoli, mantiqiy, amaliy metodlar, lokal va xususiy-metodik texnologiyalarning didaktik funksiyalarini aniqlashtirish orqali iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini tashkil etishning metodik tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quv jarayonini tashkil etishning konseptual asoslari, prinsiplari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy-texnologik shakllarining didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish orqali iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini orttirish orqali intellektual va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan «biologiya-10» yangi avlod elektron-axborot ta’lim resursini yaratish asosida biologiyani o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash jarayonining metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda iqtidor elementlarining rivojlanganlik darajasini nazorat qilish va tashxislashga qaratilgan «INNOVUM» - online olimpiada, elektiv va fakul`tativ kurslar, «Kichik akademiklar maktabi» dasturiy majmuasini yaratish asosida biologiyani o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash jarayoni samaradorligini aniqlash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiyani o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ijtimoiy-pedagogik, didaktik, huquqiy-me’yoriy, metodik shart sharoitlarni aniqlashtirish orqali iqtidorli o‘quvchilarni inson kapitali darajasiga yo‘naltirishning metodik tizimiga oid takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–sinfi va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun «Biologiya» darsligi, o‘rta ta’lim muassasalarining 11–sinfi va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun «Biologiya» darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 avgustdagi 01/11-01/9-1251-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu darsliklar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida intellektual salohiyatini ochib berish, kreativ fikrlash, axborotni izlash, tahlil va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda mustaqil ravishda amalda qo‘llay olish va kasb-hunarga yo‘naltirish imkonini bergan;
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini tashkil etishning konseptual asoslari, prinsiplari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy-texnologik shakllarining didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish orqali iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash konsepsiyasiga oid g‘oya va takliflari ixtisoslashtirilgan maktablarlarning biologiya fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishda (O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2021 yil 31 avgustdagi 01-01/1-1462-son ma’lumotnomasi), O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 15 iyundagi 144-son buyrug‘ida belgilangan biologiya fani chuqur o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari  uchun biologiya fani bo‘yicha variativ o‘quv rejalar asosida 10-, 11-sinflarda biologiya darslarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 avgustdagi 01/11-01/9-1251-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiyani o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish imkoniyati ortgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini orttirish orqali intellektual va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi avlod elektron ta’lim resursini yaratish asosida biologiyani o‘qitishda  iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash jarayoni metodik ta’minoti takomillashtirishga oid g‘oya va takliflaridan «Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasining takomillashtirish», «Biologiyadan mustaqil o‘quv–ish daftari (10–sinf o‘quvchilari uchun)» o‘quv qo‘llanmalari, «Ilm sari ilk qadam» yosh tadqiqotchi kundaligi, Biologiya-10» yangi avlod elektron-axborot ta’lim resursini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 avgustdagi 01/11-01/9-1251-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur qo‘llanma va elektron ta’lim resursi o‘quvchilarning tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini orttirish, mustaqil ta’limni joriy etish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
biologiya fanidan malaka oshirish kursi videodars materiallari ishlab chiqilgan va «Online-kasbiy rivojlantirish» loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 27 avgustdagi 01/09–803-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu videodars materiallari biologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga, ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni samarali tashkil etishga imkon bergan;
o‘quvchilarning intellektual va innovatsion salohiyatining rivojlanganlik darajasini nazorat qilish va tashxislashga qaratilgan INNOVUM dasturiy majmuasi yaratilgan hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinf va akademik liseylarning 1-, 2-bosqich o‘quvchilari uchun «INNOVUM» Respublika onlayn-olimpiadasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchun elektiv va fakul`tativ kurslar, iqtidorli o‘quvchilar uchun «Kichik akademiklar maktabi» faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2021 yil 31 avgustdagi 01-01/1-1462-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini orttirish, mustaqil ta’limni joriy etish va rivojlantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish