Qurbonova Maftuna Faxriddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida  shakllantirish metodikasi (PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari asosida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.2.PhD/Ped1805.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Oblakulovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompeten-siyalarini mustaqil ishlar jarayonida PIRLS xalqaro baholash dastur talablari asosida shakllantirishning samarali usullarini aniqlash va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-bilish kompetensiyalarini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari asosida shakllantirishning nazariy aspektlari jahon ta’lim amaliyoti standartlarini milliy o‘quv dasturi mazmuniga implementatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini PIRLS baholash dasturi  talablari (o‘qish va tushunish darajasi, mantiqiy va kreativ fikrlashi) asosida mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning  pedagogik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash)ni o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik faoliyati (moderator, fasilitator, t`yutor, mentor) mazmuniga singdirish asosida amalga oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishning innovatsion  modeli o‘quvchilarda mustaqil ishlash, loyihalash, iqtidorni namoyon qilishdan iborat zamonaviy ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va mustaqil ishlarni o‘quvchilarning yosh-psixologik xususiyatlari hamda aniq maqsadga asoslanuvchi loyiha asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan pragmatik o‘quv muhiti talablari asosida ishlab chiqilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, rivojlantiruvchi, o‘yinli ta’lim texnologiyalarining teskari ta’lim, kouching, o‘quvchi portfoliosi kabi metodlari asosida ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar hamda xalqaro baholash dasturi mezonlariga muvofiq o‘quvchilarning mustaqil ishlash jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan variativ yondashuvlarga asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  o‘quv-bilish kompetensiyalarini mustaqil ishlarni tashkil etish jarayonida shakllantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini PIRLS baholash dasturi  talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirishning innovatsion modeli, o‘quvchilarda bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari, ta’lim sifatini baholovchi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga oid taklif va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan “PIRLS xalqaro baholash asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish texnologiyasi (e-PIRLS)” elektron dasturidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda va PIRLS baholash dasturiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2021 yil 14 iyuldagi 01/11-01/10-1012-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ishlash jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetensiyalarini PIRLS baholash dasturi  talablari asosida mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish metodikasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining “Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari va platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2020 yil 8 maydagi 17/23-kk qarori va Yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda tayanch maktablarning o‘rni va ahamiyati”  mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 8 iyundagi 01-471-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda PIRLS baholash dasturiga tayyorgarlik ko‘rishni o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik faoliyati (moderator, fasilitator, t`yutor, mentor) bilan uyg‘unlashtirish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlartirishga erishilgan;
o‘quvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini PIRLS baholash dasturi  talablari asosida shakllantirishning didaktik ta’minoti va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar, mustaqil ishlarni tashkil etishning shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, rivojlantiruvchi, o‘yinli ta’lim texnologiyalari (teskari ta’lim, MIMM, kouching metodi, o‘quvchi portfoliosi) ta’lim amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasining 2021 yil 8 iyundagi 01-471-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyati hamda PIRLS baholash dasturiga mustaqil tarzda tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmalari  shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish