Fayzieva Vasila Salixovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston davlat san’at muzeyi: tarixi, rivoji va istiqboli (XX-XXI asrlar)», 17.00.06 - Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar665.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020. Tar.120.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilavberdievna, tarix fanlari doktori; Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi tarixi, rivojlanish bosqichlari va istiqbolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi rivojida 1918-1924 yillarda 1100 ta eksponat asosida tashkil etilishi va 2 ta bo‘lim faoliyat yuritganligi, 1924-1929 yillarda 2616 ta eksponat shakllanishi va 7 ta bo‘lim faoliyat yuritganligi, 1929-1949 yillarda 33502 ta eksponat to‘planganligi va 3 ta bo‘lim faoliyat yuritganligi kabi bosqichlarda shakllanganligi hamda 1991-2021 yillarda eksponatlar soni keskin oshib 100524 taga etganligi va 5 ta bo‘lim faoliyat yuritganligi dalillangan;
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyalarining shakllanishiga 1935-1941 yillarda jamlangan rangtasvir asarlari, yog‘och va ganch o‘ymakorligi bezaklari, sopol dekorlar, o‘ymakor naqshli shiftlar, o‘ymakor kashtachilik va kandakorlik buyumlari, hattotlik san’ati namunalari kabi ashyolar asos bo‘lganligi dalillangan;
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ekspozisiya namoyishi tarixiy-tadrijiy jihatdan 1960-yillarda G‘arbiy Evropa va rus san’ati namunalari asosida shakllanganligi, 1974 yildan esa ko‘proq o‘zbek san’ati namunalari ustivor ahamiyat kasb etganligi aniqlangan;
XV-XX asrlarga mansub Evropa (Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Finlandiya, Gollandiya, Fransiya, Angliya, Rossiya), Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Hindiston) va o‘zbek xalq amaliy san’atiga oid noyob ashyo va kolleksiyalar geografiyasi ko‘lamining boyligi muzeyning xalqaro madaniy aloqalar va turizm sohasidagi imkoniyatlarini oshirganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi: tarixi, rivoji va istiqboli (XX asr I yarmi–XXI asr boshlari) masalalarini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘sinda joriy etilgan:
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyalarining shakllanishiga 1935-1941 yillarda jamlangan rangtasvir asarlari, yog‘och va ganch o‘ymakorligi bezaklari, sopol dekorlar, o‘ymakor naqshli shiftlar, o‘ymakor kashtachilik va kandakorlik buyumlari, hattotlik san’ati namunalari kabi ashyolar asos bo‘lganligi dalillangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 01-12-03-3468-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini tadqiq etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda;
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ekspozisiya namoyishi tarixiy-tadrijida 1960 yillarda G‘arbiy Evropa va rus san’ati namunalari asosida shakllanganligi, 1974 yildan o‘zbek san’ati namunalari ustivor ahamiyat kasb etganligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2020 yil 24 noyabrdagi DT-103/21-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston davlat san’at muzeyining ashyo va kolleksiyalariga oid ma’lumotlar ilmiy xulosalarning kengayishiga, zamonaviy ekspozisiyalar tashkil etishga va tomoshabinlar dunyoqarashini boyitishga imkon bergan;
XV-XX asrlarga mansub Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Finlandiya, Gollandiya, Fransiya, Angliya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va o‘zbek xalq amaliy san’atiga oid noyob ashyo va kolleksiyalar geografiyasi ko‘lamining boyligi muzeyning xalqaro madaniy aloqalar va turizm sohasidagi imkoniyatlarini oshirganligi dalillangan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2020 yil 27 noyabrdagi 01-17/538a-1283a-son dalolatnomasi). Natijada «IV – Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi» va «Tasviriy va amaliy san’at festivali» doirasida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida tashkil etilgan ko‘rgazmalar xalqaro biennale va festival salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston davlat san’at muzeyining tarixiy-tadriji: shakllanish bosqichi: 1918-1924 yy. Markaziy badiiy muzey (binosining 1883-1906 yillarda qurilishi, 1907 yilda hovli atrofi temir panjara bilan o‘ralgan, 1100 ta eksponat asosida tashkil etilish, 2 ta bo‘lim faoliyati), 1924-1929 yy. Toshkent san’at muzeyi (2616 ta eksponat shakllanishi, 7 ta bo‘lim), 1929-1949 yy. O‘zbekiston san’at muzeyi (33502 ta eksponat, 3 ta bo‘lim); rivojlanish bosqichi: 1991-2021 yy. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi (100524 ta eksponat shakllanishi, tasnifi, tavsifi va 5 ta bo‘lim) asosidagi xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanali orqali efirga uzatilgan «Moziyga sayohat» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 oktyabrdagi 02-40-998-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ekspoziyasini yaratish, fond kolleksiyalarini to‘plash, rivojlantirish hamda muzey sifatida shakllanishining 1) Shaxsiy kolleksiya sifatidagi kichik to‘plam; 2) Markaziy badiiy muzey (1918-1924); 3) Toshkent san’at muzeyi (1924-1929) va 4) O‘zbekiston san’at muzeyi (1929-1949) kabi tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanishiga yordam bergan.